"Neyroset"lar uchun so‘rov tuzishni o‘rgandik – o‘zbekistonlik jurnalist Moskvadagi o‘quv haqida
10:09 30.06.2025 (yangilandi: 12:42 30.06.2025)
© SputnikJurnalisti iz semi stran blijnego zarubejya proshli obuchenie v moskovskom ofise mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya".

© Sputnik
Obuna bo‘lish
"Zubovskiydagi SputnikPro" ishtirokchilari sun’iy intellekt vositalarini o‘zlashtirishdi va rossiyalik media mutaxassislari rahbarligida Telegram kanallarini yaratishdi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Mixail Vorobyov. Oltita qo‘shni davlat jurnalistlari "Rossiya segodnya" xalqaro media guruhining Moskvadagi ofisidagi o‘quvda ishtirok etishdi.
23-27 iyun kunlari ular "Zubovskiydagi SputnikPro" ma’rifiy loyihasi dasturining o‘ninchi modulida qatnashishdi. Poytaxtga 12 kishi - Abxaziya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan keldi. Sputnik va RIA Novosti mutaxassislari o‘z bilim va tajribalari bilan bo‘lishishdi.
Ular "Telegram" kanallarini yuritish, ijtimoiy tarmoqlarda kontentni targ‘ib qilish, materiallarni yaratishda neyron tarmoqlar va boshqa zamonaviy vositalardan foydalanish bo‘yicha amaliy bilimlar bilan o‘rtoqlashishdi.
© SputnikJurnalisti iz semi stran blijnego zarubejya proshli obuchenie v moskovskom ofise mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya".

Jurnalisti iz semi stran blijnego zarubejya proshli obuchenie v moskovskom ofise mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya".
© Sputnik
“Telegram”dagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Jurnalistlarga kanal mavzusini tanlash, g‘oyani shakllantirish, muvaffaqiyatli nom tanlash, postlar yozish, rasm va videolarni qayta ishlash usullari tushuntirildi. Tez-tez uchraydigan xatolar — matnlarning haddan tashqari ko‘pligi, kanselyarizmlar muhokama qilindi.
© SputnikJurnalisti iz stran blijnego zarubejya proshli obuchenie v moskovskom ofise mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya".

Jurnalisti iz stran blijnego zarubejya proshli obuchenie v moskovskom ofise mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya".
© Sputnik
Olingan bilimlar darhol amaliyotda qo‘llanildi. Ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, o‘zlarining "Telegram" kanallarini yaratishdi. Har bir jamoa konsepsiyani ishlab chiqdi, materiallarni tanladi, postlarni joylashtirdi va ko‘rishlar statistikasini kuzatib bordi.
Treningning yakuniy kunida ular Sputnik mutaxassislari bilan birgalikda ishga tushirilgan loyihalarni batafsil tahlil qilib, ularning kuchli va zaif tomonlarini qayd etishdi. Alohida mashg‘ulotlar multimedia kontentiga bag‘ishlandi.
© SputnikJurnalisti iz semi stran blijnego zarubejya proshli obuchenie v moskovskom ofise mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya".

Jurnalisti iz semi stran blijnego zarubejya proshli obuchenie v moskovskom ofise mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya".
© Sputnik
Jurnalistlar virtual studiyada ishlashni, videolarni montaj qilishni o‘rganishdi, materiallarni tayyorlashda sun’iy intellekt funksiyalarini sinab ko‘rishdi. Ularga buning uchun smartfondan ham, kompyuterdagi professional dasturlardan ham qanday foydalanish kerakligi ko‘rsatildi.
© SputnikJurnalisti iz stran blijnego zarubejya proshli obuchenie v moskovskom ofise mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya".

Jurnalisti iz stran blijnego zarubejya proshli obuchenie v moskovskom ofise mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya".
© Sputnik
"Biz foto va video generatsiya uchun so‘rovlarni to‘g‘ri tuzishni o‘rgandik: bu bilimlar menga ishda qo‘l kelishi aniq", — dedi "UzNews" yangiliklar agentligi muharriri Jeyms Ali.
Dasturga qahramonlar va ma’ruzachilar bilan ishlash, intervyu tayyorlash, produserning vazifalari haqida ma’ruzalar kiritilgan. Ishtirokchilarga kasbning huquqiy jihatlari haqida ham so‘zlab berildi. RIA Novostining harbiy muxbirlaridan biri ishtirokchilar bilan o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. U frontda reportor qanday vazifalarga duch kelayotgani, xavfsizlik qanday ta’minlanayotgani haqida gapirib berdi.
© SputnikJurnalisti iz semi stran blijnego zarubejya proshli obuchenie v moskovskom ofise mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya".

Jurnalisti iz semi stran blijnego zarubejya proshli obuchenie v moskovskom ofise mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya".
© Sputnik
Shuningdek, tinglovchilar fotojurnalistika bo‘yicha kursdan o‘tishdi va VR-texnologiyalari media-muhitga qanday joriy etilayotganini ko‘rishdi. Biroq Jeyms Alining fikricha, eng foydali ma’ruza storitelling bo‘yicha bo‘lgan.
“Biz har bir hikoyaning biz amal qilishimiz kerak bo‘lgan muayan tuzilmasi bo‘lishi kerakligini bilib oldik, shuningdek, hikoya chiziqli bo‘lishi kerak - o‘tmishdan kelajakka”, — deb tushuntirdi u.
Agentlik bo‘ylab ekskursiya dasturning alohida bandi bo‘ldi. Ishtirokchilar "Rossiya segodnya" media guruhining bosh ofisi qanday tashkil etilganini ko‘rib, uning ichki tuzilishi va ish jarayonlari bilan tanishishdi. "Rossiya segodnya" media guruhi bosh muharriri o‘rinbosari Andrey Blagodirenkoning ta’kidlashicha, kurs jonli tajriba asosida qurilgan.
© SputnikJurnalisti iz stran blijnego zarubejya proshli obuchenie v moskovskom ofise mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya".

Jurnalisti iz stran blijnego zarubejya proshli obuchenie v moskovskom ofise mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya".
© Sputnik
"Biz ma’ruzachi sifatida har kuni shu yerda ishlaydigan odamlarni tanlashga harakat qilamiz. Bizning vazifamiz — kamroq nazariyotchilar va ko‘proq amaliyotchilar. Chunki biz odamlarni birinchi navbatda nima qiziqtirishini bilamiz: qanday qilib tezroq auditoriya, obunachilarga ega bo‘lish, ijtimoiy tarmoqlarda ilgarilash mumkin", — dedi u.
Uning ta’kidlashicha, bunday mutaxassislar internetda topilmaydigan va klassik ta’limda eshitilmaydigan narsalarni aytib berishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu dasturni tez o‘zgaruvchan axborot muhitida ishlaydiganlar uchun ayniqsa foydali qiladi.
© SputnikJurnalisti iz stran blijnego zarubejya proshli obuchenie v moskovskom ofise mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya".

Jurnalisti iz stran blijnego zarubejya proshli obuchenie v moskovskom ofise mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya".
© Sputnik
Ishtirokchilar darsdan bo‘sh vaqtlarida Moskva bo‘ylab sayr qilishdi, o‘z hikoyalari bilan o‘rtoqlashishdi, o‘z mamlakatlaridagi vaziyat haqida so‘zlab berishdi va kasbiy voqeliklarni muhokama qilishdi. Dastur nafaqat yangi bilimlarni olish, balki jonli muloqotni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, foydali aloqalarni o‘rnatish imkonini berdi.
© SputnikJurnalisti iz semi stran blijnego zarubejya proshli obuchenie v moskovskom ofise mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya".

Jurnalisti iz semi stran blijnego zarubejya proshli obuchenie v moskovskom ofise mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya".
© Sputnik
O‘quv haftasi har bir ishtirokchiga sertifikatlar topshirish bilan yakunlandi.