O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnovlar tiklanmoqda

© Sputnik / Baxrom XatamovAirbus A320 "Uzbekistan Airways"
Airbus A320 Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2025
Obuna bo‘lish
Uzbekistan Airways iyuldan Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Iyul oyidan boshlab "Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent" yo‘nalishidagi reyslar odatdagi tartibda amalga oshiriladi, deya xabar berdi Uzbekistan Airways.
“Hurmatli yo‘lovchilar, 2025-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar odatdagi tartibda amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli, Uzbekistan Airways 2025-yil 16-iyundan 30-iyungacha Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0