Kimlar "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi?

© Ministerstvo oboroni
Obuna bo‘lish
Mukofot sovrindorlariga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 ga yaqin yigitlarni "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirladi. Mukofot sovrindorlari ro‘yxati davlat rahbari saytida e’lon qilingan tegishli qarorda keltirilgan.
Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, bir guruh yigitlar fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Hujjatga ko‘ra, mukofot sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
"Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati:
1.
Xojabekov Batirbek Jolmurzayevich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi harbiy qismi sport guruhi yo‘riqchisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)2.
Eshniyazov Islam Saparbayevich - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri sahna ustasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)3.
No‘monjonov Muhiddin G‘ulomjon o‘g‘li - Andijon davlat tibbiyot institutining biologik kimyo kafedrasi assistenti (Andijon viloyati)4.
Sattarov Akmaljon To‘ravoy o‘g‘li - Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabining damli va zarbli cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi o‘qituvchisi (Andijon viloyati)5.
Yoriyev Shoxijahon O‘tkir o‘g‘li - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 4-bosqich talabasi (Buxoro viloyati)6.
Rashidov Ulug‘bek Uktamovich - Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 10-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati)7.
Mamatkarimov Davron Abdurashid o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismi guruh mutaxassisi (Jizzax viloyati)8.
Sunnatov Qudratulla Sundorqul o‘g‘li - O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali 4-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)9.
Karimov Davron Kamoliddin o‘g‘li - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining xor jamoasi artisti (Qashqadaryo viloyati)10.
Muhitdinov Bobur Anvarovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi yo‘riqchi-qutqaruvchisi (Qashqadaryo viloyati)11.
Baxtiyorov Faxriyor Akromjon o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 1-bosqich magistranti (Navoiy viloyati)12.
Yerejepbayev Quanishbek Tursunovich - Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-bosqich magistranti (Navoiy viloyati)13.
Raximov Fayzullo Xusanboy o‘g‘li - Namangan davlat texnika universitetining doktoranti (Namangan viloyati)14.
Sotvoldiyev Jamshidbek Farxodjon o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi (Namangan viloyati)15.
Toshbekov Sanjar Isomiddin o‘g‘li - "Ma’naviy hayot" jurnali musahhihi (Samarqand viloyati)16.
Hakimov Feruz Xurshid o‘g‘li - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-bosqich magistranti (Samarqand viloyati)17.
Kleshko Mixail Sergeyevich - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)18.
Usmonov Azizbek Abdumurod o‘g‘li - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)19.
Jandreyev Shermuhammad Mamarajab o‘g‘li - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otradi katta mutaxassisi (Surxondaryo viloyati)20.
Qudratillayev Parvez Kamol o‘g‘li - O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati)21.
Aliyev Murodjon Anvar o‘g‘li - Parkent tumanidagi 29-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi (Toshkent viloyati)22.
Egamberdiyev Muhammadibrohim Baqojon o‘g‘li - Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)23.
Shermatov Qobiljon Otaqo‘zi o‘g‘li - "Yangi Farg‘ona" gazetasi muxbiri (Farg‘ona viloyati)24.
Xudoberdiyev Shavkatjon Nurmat o‘g‘li - Toshkent davlat texnika universitetining tayanch doktoranti (Farg‘ona viloyati)25.
Umirboyev Alibek Javlonbek o‘g‘li - "Yangi O‘zbekiston" universitetining 1-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)26.
Egamberdiyev Maqsadbek Baxtiyor o‘g‘li - Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi (Xorazm viloyati)27.
Muxammadov Mirjaxon Muxammadjon o‘g‘li - Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri)28.
Nosirov Jahongir Mansur o‘g‘li - O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, jurnalist (Toshkent shahri)