https://oz.sputniknews.uz/20250629/kaliningrad-qadimiy-suvarak-qahrabo-auktsion-50249820.html
Kaliningraddan topilgan qadimiy suvarakli qahrabo auksionda sotiladigan bo‘ldi
Kaliningraddan topilgan qadimiy suvarakli qahrabo auksionda sotiladigan bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
"Rostex" davlat korporatsiyasining Kaliningrad qahrabo kombinatida to‘liq saqlanib qolgan qazilma suvarakli inklyuz qazib olindi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu qadimiy hasharotning yoshi 35-40 million yilni tashkil etadi.
2025-06-29T18:40+0500
2025-06-29T18:40+0500
2025-06-29T18:40+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/1d/50249194_0:63:1200:738_1920x0_80_0_0_537928fe0a9d6f54e031d6968bf13ca1.jpg
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Kaliningradda yoshi 35-40 million yil bo‘lgan qadimiy suvarakli qahrabo qazib olindi, deya xabar berdi Qahrabo kombinati matbuot xizmati."Rostex" davlat korporatsiyasining Kaliningrad qahrabo kombinatida to‘liq saqlanib qolgan qazilma suvarakli inklyuz qazib olindi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu qadimiy hasharotning yoshi 35-40 million yilni tashkil etadi.Ma’lum qilinishicha, inklyuz qo‘lda saralash jarayonida topilgan va uning og‘irligi atigi yetti grammni tashkil qiladi. Blattodea turkumiga mansub hasharot 41 ga 21 millimetr o‘lchamdagi asal qahrabo bo‘lagida muhrlangan bo‘lib chiqdi.Suvarak qadimgi qatron (smola) ichida qotib qolgan, yuzaga yaqin joylashgan, bu esa hasharotning qanotlari, panjalari va boshini batafsil ko‘rib chiqish imkonini beradi.Millionlab yillar oldin issiq nam iqlim va o‘rmon yong‘inlari tufayli qadimgi daraxtlarning qatroni suyuq holatda qolib, turli xil jonzotlar uchun tuzoqqa aylangan.Hasharotlar unga shamol oqimi bilan kirgan, boshqalari yaltiroq yuzaga tortilgan, ba’zilari esa kutilmaganda tushayotgan tomchiga tushib qolgan. Ular yopishgandan so‘ng, yangi qatlamlar qatron bilan qoplangan. O‘rtacha olganda, inklyuziyalar qazib olinadigan qahraboning umumiy hajmining 7-9% ni tashkil qiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/1d/50249194_67:0:1134:800_1920x0_80_0_0_b0c3b138fbaf224698e9eefe8411a0b9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
"rostex" davlat korporatsiyasining kaliningrad qahrabo kombinati suvarakli inklyuz qadimiy hasharot qahrabo
"rostex" davlat korporatsiyasining kaliningrad qahrabo kombinati suvarakli inklyuz qadimiy hasharot qahrabo
Kaliningraddan topilgan qadimiy suvarakli qahrabo auksionda sotiladigan bo‘ldi
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu qadimiy hasharotning yoshi 35-40 million yilni tashkil etadi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Kaliningradda yoshi 35-40 million yil bo‘lgan qadimiy suvarakli qahrabo qazib olindi, deya xabar berdi Qahrabo kombinati matbuot xizmati.
"Rostex" davlat korporatsiyasining Kaliningrad qahrabo kombinatida to‘liq saqlanib qolgan qazilma suvarakli inklyuz qazib olindi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu qadimiy hasharotning yoshi 35-40 million yilni tashkil etadi.
“Ushbu noyob namuna 2-avgust kuni VIII Xalqaro qahrabo forumi doirasida bo‘lib o‘tadigan noyob qahrabo kimoshdi savdosida markaziy lotlardan biriga aylanadi", — deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, inklyuz qo‘lda saralash jarayonida topilgan va uning og‘irligi atigi yetti grammni tashkil qiladi. Blattodea turkumiga mansub hasharot 41 ga 21 millimetr o‘lchamdagi asal qahrabo bo‘lagida muhrlangan bo‘lib chiqdi.
Suvarak qadimgi qatron (smola) ichida qotib qolgan, yuzaga yaqin joylashgan, bu esa hasharotning qanotlari, panjalari va boshini batafsil ko‘rib chiqish imkonini beradi.
"Bu biz o‘rgangan qahraboning juda qiziqarli namunasi. U so‘nggi besh yil ichida biz kashf etgan suvaraksimonlarning eng yirik vakillaridan biridir. U kamida 35-40 million yoshda", — deydi Kaliningrad qahrabo kombinatining gemmolog mutaxassisi Anna Dugina.
Millionlab yillar oldin issiq nam iqlim va o‘rmon yong‘inlari tufayli qadimgi daraxtlarning qatroni suyuq holatda qolib, turli xil jonzotlar uchun tuzoqqa aylangan.
Hasharotlar unga shamol oqimi bilan kirgan, boshqalari yaltiroq yuzaga tortilgan, ba’zilari esa kutilmaganda tushayotgan tomchiga tushib qolgan. Ular yopishgandan so‘ng, yangi qatlamlar qatron bilan qoplangan. O‘rtacha olganda, inklyuziyalar qazib olinadigan qahraboning umumiy hajmining 7-9% ni tashkil qiladi.