https://oz.sputniknews.uz/20250628/sport-toshkent-yoshlar-sup-fest-50243244.html
Sport, do‘stlik va yaxshi kayfiyat: Toshkentda yoshlar SUP-festi qanday o‘tdi
Sport, do‘stlik va yaxshi kayfiyat: Toshkentda yoshlar SUP-festi qanday o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yoshlar SUP-festivali bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya oliy o‘quv yurtlarining O‘zbekistondagi sakkizta filiali talabalari ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekistonda har yili 30-iyun kuni nishonlanadigan Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkentdagi Rus uyi va Sup_go_uz sap-sorfing klubi tomonidan tashkil etildi.Tadbirning maxsus mehmoni ikki karra Osiyo o‘yinlari chempioni, ko‘p karra Jahon kubogi g‘olibi, qit’a chempionatlarining sovrindori va chempioni, Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan (2016 yil) Olimpiada ishtirokchisi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi, shuningdek, Sup_go_uz klubi asoschisi va rahbari Aleksey Mochalov bo‘ldi.
2025-06-28T21:38+0500
2025-06-28T21:38+0500
2025-06-28T21:38+0500
video
o‘zbekiston
toshkent
sport
rossiya
yoshlar
otm
suv
rossotrudnichestvo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/1c/50243076_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_85abdac619d715bee67c374780529ca4.jpg
Toshkentda yoshlar SUP-festivali bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya oliy o‘quv yurtlarining O‘zbekistondagi sakkizta filiali talabalari ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekistonda har yili 30-iyun kuni nishonlanadigan Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkentdagi Rus uyi va Sup_go_uz sap-sorfing klubi tomonidan tashkil etildi.Tadbirning maxsus mehmoni ikki karra Osiyo o‘yinlari chempioni, ko‘p karra Jahon kubogi g‘olibi, qit’a chempionatlarining sovrindori va chempioni, Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan (2016 yil) Olimpiada ishtirokchisi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi, shuningdek, Sup_go_uz klubi asoschisi va rahbari Aleksey Mochalov bo‘ldi.Suvga tushishlaridan oldin ishtirokchilarga qisqacha tushuntirish berildi, ular texnik xavfsizlik qoidalari va sapni boshqarish, shuningdek, ushbu sport turi asoslari bilan tanishdilar. Har bir sap 7 dan 10 kilogrammgacha bo‘lib, 150 kilogrammgacha bo‘lgan odamni ko‘tara oladi.Aleksey Mochalovning qo‘shimcha qilishicha, sap-sorfingda odam o‘zini sinab ko‘rishi uchun katta tayyorgarlik kerak emas. Suzishning umumiy masofasi taxminan uch kilometrni tashkil etdi.SUP-fest ishtirokchilari juda yaxshi natija ko‘rsatdi.Tadbir haqida to‘liq Sputnik O‘zbekiston videosida tanishing.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/1c/50243076_265:0:1705:1080_1920x0_80_0_0_6fc37bea3e3bedcd704fa2efbbb98372.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport toshkent yoshlar sup-fest
sport toshkent yoshlar sup-fest
Sport, do‘stlik va yaxshi kayfiyat: Toshkentda yoshlar SUP-festi qanday o‘tdi
Eksklyuziv
Tadbir faol dam olish, universitetlararo muloqot va yagona yoshlar hamjamiyatini shakllantirish maydoniga aylandi.
Toshkentda yoshlar SUP-festivali bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya oliy o‘quv yurtlarining O‘zbekistondagi sakkizta filiali talabalari ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekistonda har yili 30-iyun kuni nishonlanadigan Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkentdagi Rus uyi va Sup_go_uz sap-sorfing klubi tomonidan tashkil etildi.
Tadbirning maxsus mehmoni ikki karra Osiyo o‘yinlari chempioni, ko‘p karra Jahon kubogi g‘olibi, qit’a chempionatlarining sovrindori va chempioni, Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan (2016 yil) Olimpiada ishtirokchisi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi, shuningdek, Sup_go_uz klubi asoschisi va rahbari Aleksey Mochalov bo‘ldi.
“Biz sap-sorfingni ommalashtirmoqdamiz. Bu mamlakatimizda yangi yo‘nalish. Bu sport turi allaqachon butun dunyoda ommalashmoqda, lekin bizda u endi-endi boshlanmoqda. Ikki yil oldin biz bu yerda sap-sorfing maktabiga – klubimizga asos solgan edik. Shuningdek, musobaqalar o‘tkazamiz. Bizning asosiy maqsadimiz – imkon qadar ko‘proq yoshlarni jalb qilish, imkon qadar ko‘proq odamlarni faol dam olish turi bilan shug‘ullantirish. Uning kuchi nimada? U bilan deyarli hamma shug‘ullana oladi: yoshdan qarigacha”, - dedi u.
Suvga tushishlaridan oldin ishtirokchilarga qisqacha tushuntirish berildi, ular texnik xavfsizlik qoidalari va sapni boshqarish, shuningdek, ushbu sport turi asoslari bilan tanishdilar. Har bir sap 7 dan 10 kilogrammgacha bo‘lib, 150 kilogrammgacha bo‘lgan odamni ko‘tara oladi.
Aleksey Mochalovning qo‘shimcha qilishicha, sap-sorfingda odam o‘zini sinab ko‘rishi uchun katta tayyorgarlik kerak emas. Suzishning umumiy masofasi taxminan uch kilometrni tashkil etdi.
SUP-fest ishtirokchilari juda yaxshi natija ko‘rsatdi.
"Men birinchi marta sap minishga harakat qildim, menga juda yoqdi. Nimadirni birinchi marta sinab ko‘rganingizda, bu juda esda qolarli bo‘ladi. Rossotrudnichestvo turli tadbirlarni uyushtirganda, bu do‘stlashishga juda yordam beradi, chunki ko‘plab talabalar kelishadi va siz yangi qiziqarli odamlar bilan tanishishingiz, qandaydir ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin", - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filiali talabasi Elina Pershina.
“Taassurotlar shunchaki unutilmas. Ayniqsa, suvga kirganda yiqilib tushayotgandek bo‘lasiz, lekin vaqt o‘tishi bilan ko‘nikasiz. Ajoyib bo‘ldi. Menga juda yoqdi”, - dedi Qozon federal universitetining Jizzax shahridagi filiali talabasi Dmitriy Shishnyov.
Tadbir haqida to‘liq
Sputnik O‘zbekiston videosida tanishing.