Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari DXRda Chervonaya Zirkani ozod qildi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishSelo u linii soprikosnoveniya na Artemovskom napravlenii
Selo u linii soprikosnoveniya na Artemovskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2025
Obuna bo‘lish
“Sharq” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasining Chervonaya Zirka aholi punktini ozod qildi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari DXRdagi Chervonaya Zirka ustidan nazoratni qo‘lga oldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“Qat’iy harakatlar natijasida “Sharq” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasining Chervonaya Zirka aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
“Sharq” jangchilari Zaporojye viloyatidagi Poltavka va Malinovka va DXRdagi Kamishevaxa hududlarida dushmanning uchta brigadasiga hujum qilishdi.
Ukraina Qurolli kuchlari nimalar yo‘qotdi:
210 nafargacha harbiy xizmatchilar;
ikkita jangovar zirhli mashinalar;
sakkizta avtomobil;
uchta artilleriya quroli;
radioelektron kurash stansiyasi.
Shuningdek, kun davomida aviatsiya va artilleriya 142 ta hududda o‘q-dorilar omborlariga, uzoq masofaga uchuvchi dronlarni ishlab chiqarish va yig‘ish sexlariga, uchuvchisiz katerlarni saqlash joylariga, Ukraina Qurolli kuchlari va yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirish punktlariga zarba berdi.
Rossiyskie voyennoslujashie v zone provedeniya spetsoperatsii.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya harbiylari Xarkov viloyatida Novaya Kruglyakovkani ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0