https://oz.sputniknews.uz/20250627/ozbekistonlik-talaba-sankt-peterburgda-dizayn-tanlovida-birinchi-orinni-egalladi-50214186.html
O‘zbekistonlik talaba Sankt-Peterburgda dizayn tanlovida birinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekistonlik talaba Sankt-Peterburgda dizayn tanlovida birinchi o‘rinni egalladi
Sputnik O‘zbekiston
Tanlovda 90 nafar yosh dizaynerlar 480ga yaqin eskizlar taqdim etishdi. 27.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-27T15:58+0500
2025-06-27T15:58+0500
2025-06-27T16:38+0500
rossiya
sankt-peterburg
talabalar
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/1b/50213531_0:0:1232:693_1920x0_80_0_0_4c37a73b9c63169fba88919d648ac06e.jpg
TOShKENT, 27-iyun - Sputnik. Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universitetining "Liboslar dizayni" yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba Mohinur Komolova shahar Transport qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.Ayollik nafosati, o‘ziga xoslik va Rossiya madaniy poytaxtining an’analariga hurmat ruhini o‘zida jamlagan Komolovaning dizaynerlik ishi tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan tengsiz deb topildi.Shahar Transport qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan "Moviy lenta" tanlovida haydovchilar, konduktorlar, metro navbatchilari va mashinistlar kabi bir qator kasblar uchun funksional hamda zamonaviy yagona kiyimlar to‘plamini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan edi. Tanlovda Rossiya va yaqin xorijiy mamlakatlardan kelgan 90 nafar yosh dizaynerlar 480 taga yaqin eskizlar taqdim etishdi. Saralash bosqichi yakunida final uchun 29 ta loyiha tanlab olindi.
https://oz.sputniknews.uz/20250527/moda-hamdostlik-xalqaro-forum-49547748.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/1b/50213531_151:0:1126:731_1920x0_80_0_0_3825664f50a2b1b5440df3fab6695dcc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, sankt-peterburg, talabalar, o‘zbekiston
rossiya, sankt-peterburg, talabalar, o‘zbekiston
O‘zbekistonlik talaba Sankt-Peterburgda dizayn tanlovida birinchi o‘rinni egalladi
15:58 27.06.2025 (yangilandi: 16:38 27.06.2025) Tanlovda 90 nafar yosh dizaynerlar 480ga yaqin eskizlar taqdim etishdi.
TOShKENT, 27-iyun - Sputnik. Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universitetining "Liboslar dizayni" yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba Mohinur Komolova shahar Transport qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Ayollik nafosati, o‘ziga xoslik va Rossiya madaniy poytaxtining an’analariga hurmat ruhini o‘zida jamlagan Komolovaning dizaynerlik ishi tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan tengsiz deb topildi.
"O‘zbekiston farzandi sifatida ushbu tanlovda ishtirok etish men uchun katta sharaf, – dedi Mohinur Komolova. – Umid qilamanki, mening g‘alabam xalqimni ulug‘laydi va mamlakatimizdagi boshqa yosh dizaynerlarni ilhomlantiradi".
Shahar Transport qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan "Moviy lenta" tanlovida haydovchilar, konduktorlar, metro navbatchilari va mashinistlar kabi bir qator kasblar uchun funksional hamda zamonaviy yagona kiyimlar to‘plamini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan edi.
Tanlovda Rossiya va yaqin xorijiy mamlakatlardan kelgan 90 nafar yosh dizaynerlar 480 taga yaqin eskizlar taqdim etishdi. Saralash bosqichi yakunida final uchun 29 ta loyiha tanlab olindi.