Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi
12:17 27.06.2025 (yangilandi: 13:21 27.06.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV gorode Xive sostoyalas torjestvennaya seremoniya otkritiya mejdunarodnogo turisticheskogo sentra "Arda Xiva". Na meropriyatii vistupil Prezident Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, ommaviy axborot vositalarida xolislik va qonun ustuvorligini ta’minlash, professional bilim va mahoratni oshirib borish kabi dolzarb vazifalar bo‘yicha hali ko‘p ish qilish zarur.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan matbuotida, teleradiokanallar, internet nashrlari, nashriyot va matbaa korxonalarida, axborot xizmatlari va platformalarida o‘z burchini sidqidildan ado etib kelayotgan siz, hurmatli jurnalistlar, muhtaram faxriylarni, barcha ijodiy va texnik xodimlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman”, - deyiladi prezident tabrigida.
Ta’kidlanishicha, respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan 2 ming 400 taga yaqin ommaviy axborot vositalarining 65 foizi nodavlat sektor hissasiga to‘g‘ri kelayotgani, xususiy nashrlar, teleradiokanallar, internet resurslari tobora ortib, ulardan foydalanuvchilar soni 14,7 milliondan 32,7 millionga yetgani, axborot kontentlarini yaratuvchilar safi kengayib borayotgani O‘zbekistonning media sohasidagi salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
“Hozirgi vaqtda sun’iy intellekt texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanayotgani jurnalistika uchun katta imkoniyatlar ochish bilan birga, bu boradagi ishlarimizni zamon talablariga mos holda yo‘lga qo‘yishni talab etmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘z kasbini, ona tili bilan birga xorijiy tillarni, IT texnologiyalarini puxta egallagan, jonkuyar va vatanparvar yangi jurnalistlar avlodi yetishib kelayotgani barchamizni xursand qiladi”, - deydi Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, ommaviy axborot vositalarida xolislik va qonun ustuvorligini ta’minlash, professional bilim va mahoratni oshirib borish, axborot tarqatishning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish, aholi o‘rtasida axborot, bahs va muloqot madaniyatini shakllashtirish, jamiyatdagi turli illatlar, korrupsiya balosiga qarshi kurashish kabi dolzarb vazifalar bo‘yicha hali ko‘p ish qilish zarur.
“Mamlakatimiz jurnalistlari va ijodiy jamoalari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olib, bu yil “Oltin qalam” milliy mukofoti birinchi marta 27-iyunda – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida topshirilmoqda. Fursatdan foydalanib, bugun sizlarning ishtirokingizda tantanali ravishda taqdirlanadigan barcha tanlov g‘oliblarini va yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan soha xodimlarini chin qalbimdan samimiy tabriklayman”, - deyiladi tabrikda.