https://oz.sputniknews.uz/20250627/krasnoyarsk-olkasi-ozbekiston-meva-sabzavot-logistika-markazi-50206744.html
Krasnoyarsk o‘lkasida O‘zbekiston meva-sabzavotlari uchun logistika markazi ochiladi
Krasnoyarsk o‘lkasida O‘zbekiston meva-sabzavotlari uchun logistika markazi ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
Krasnoyarsk o‘lkasida O‘zbekiston meva-sabzavotlari uchun logistika markazi paydo bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatorining birinchi o‘rinbosari Sergey Ponomarenko bilan uchrashdi.O‘lka gubernatorining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston bilan, xususan, Krasnoyarsk o‘lkasi va Surxondaryo viloyati o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikning bugungi kundagi rivojlanishini yuqori baholadi.
2025-06-27T13:22+0500
2025-06-27T13:22+0500
2025-06-27T13:23+0500
o‘zbekiston - rossiya
hamkorlik
uchrashuv
krasnoyarsk o‘lkasi
meva-sabzavot
surxondaryo
ta’lim
turizm
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/16/43997231_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_c1390d39ec73dca8a291963820230d55.jpg
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Krasnoyarsk o‘lkasida O‘zbekiston meva-sabzavotlari uchun logistika markazi paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatorining birinchi o‘rinbosari Sergey Ponomarenko bilan uchrashdi.O‘lka gubernatorining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston bilan, xususan, Krasnoyarsk o‘lkasi va Surxondaryo viloyati o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikning bugungi kundagi rivojlanishini yuqori baholadi."O‘zbekiston-Krasnoyarsk o‘lkasi" logistika tarmog‘ini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi, bu, birinchi navbatda, yaqin kelajakda O‘zbekiston meva-sabzavotlarini import qiluvchi alohida transport-logistika markazini tashkil etishni nazarda tutadi.O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Krasnoyarsk o‘lkasi bozorida mahalliy mahsulotlar o‘rnini mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratdi.Rossiya tomoni ikki tomonlama sanoat kooperatsiyasini kengaytirish maqsadida sentabr oyida Krasnoyarsk shahrida Surxondaryo, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish taklifiga rozi bo‘ldi.Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad oziq-ovqat, farmatsevtika, charm sanoati sohalarida shartnomalar imzolash, shuningdek, neft-gaz sanoatida qo‘shma korxonalar va turli meva-sabzavot ekinlarini yetishtirish bo‘yicha kompaniyalar tashkil etishdan iborat.Joriy yilning kuz faslida Krasnoyarsk o‘lkasi yirik tadbirkorlarining O‘zbekiston hududlariga alohida biznes missiyasini tashkil etish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.Muloqot chog‘ida turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlikni jadallashtirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Yuliya Filatova va Turizm agentligi rahbari Yelena Nedbaylo Krasnoyarsk turoperatorlarining O‘zbekistonga, ayniqsa, gastronomik, etno va tarixiy turizm kabi yo‘nalishlarda sayyohlik oqimini ko‘paytirishga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladilar.Shu munosabat bilan Krasnoyarskning yetakchi turoperatorlari uchun O‘zbekistonga info-tur tashkil etishga kelishib olindi.
https://oz.sputniknews.uz/20250620/rossiya-ozbekistonga-gosht-eksportini-25-barobarga-oshirdi-50049297.html
krasnoyarsk o‘lkasi
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/16/43997231_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_b364fa4592f0b0c2fab28a9d8075f0e5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
krasnoyarsk o‘lkasi o‘zbekiston meva-sabzavotlar logistika markazi
krasnoyarsk o‘lkasi o‘zbekiston meva-sabzavotlar logistika markazi
Krasnoyarsk o‘lkasida O‘zbekiston meva-sabzavotlari uchun logistika markazi ochiladi
13:22 27.06.2025 (yangilandi: 13:23 27.06.2025) O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Krasnoyarsk o‘lkasi bozorida mahalliy mahsulotlar o‘rnini mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Krasnoyarsk o‘lkasida O‘zbekiston meva-sabzavotlari uchun logistika markazi paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatorining birinchi o‘rinbosari Sergey Ponomarenko bilan uchrashdi.
O‘lka gubernatorining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston bilan, xususan, Krasnoyarsk o‘lkasi va Surxondaryo viloyati o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikning bugungi kundagi rivojlanishini yuqori baholadi.
Vitse-gubernatorga ko‘ra, Rossiyaning ushbu o‘lkasi O‘zbekiston bilan uzoq muddatli istiqbolda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va sarmoyaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor. U, shuningdek, bugungi kunda O‘zbekiston dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot bo‘lib, bunga xorijiy sarmoyalarni jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan maqsadli davlat siyosati ham yordam berayotganini bildirdi. Ayniqsa, O‘zbekiston bir qator tashqi iqtisodiy o‘rinlarda jahonning ko‘plab yirik iqtisodiyotlarini ortda qoldirgani alohida ta’kidlandi.
"O‘zbekiston-Krasnoyarsk o‘lkasi" logistika tarmog‘ini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi, bu, birinchi navbatda, yaqin kelajakda O‘zbekiston meva-sabzavotlarini import qiluvchi alohida transport-logistika markazini tashkil etishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Krasnoyarsk o‘lkasi bozorida mahalliy mahsulotlar o‘rnini mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
Xususan, qishloq xo‘jaligidan tashqari, O‘zbekistonda bolalar ovqatlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Krasnoyarsk o‘lkasining to‘qimachilik sanoati uchun O‘zbekistondan import qilinadigan asbob-uskunalar va materiallar hajmini oshirish masalasini ko‘rib chiqish taklif etildi.
Rossiya tomoni ikki tomonlama sanoat kooperatsiyasini kengaytirish maqsadida sentabr oyida Krasnoyarsk shahrida Surxondaryo, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish taklifiga rozi bo‘ldi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad oziq-ovqat, farmatsevtika, charm sanoati sohalarida shartnomalar imzolash, shuningdek, neft-gaz sanoatida qo‘shma korxonalar va turli meva-sabzavot ekinlarini yetishtirish bo‘yicha kompaniyalar tashkil etishdan iborat.
Joriy yilning kuz faslida Krasnoyarsk o‘lkasi yirik tadbirkorlarining O‘zbekiston hududlariga alohida biznes missiyasini tashkil etish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Muzokaralarda ta’lim sohasidagi hamkorlik asosiy mavzuga aylandi. Tomonlar o‘zbekistonlik talabalar sonini Krasnoyarsk o‘lkasining yetakchi oliy o‘quv yurtlarida budjet yoki grant asosida o‘qitish uchun ko‘paytirish masalalari xususida fikr almashdilar.
Muloqot chog‘ida turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlikni jadallashtirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Yuliya Filatova va Turizm agentligi rahbari Yelena Nedbaylo Krasnoyarsk turoperatorlarining O‘zbekistonga, ayniqsa, gastronomik, etno va tarixiy turizm kabi yo‘nalishlarda sayyohlik oqimini ko‘paytirishga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladilar.
Shu munosabat bilan Krasnoyarskning yetakchi turoperatorlari uchun O‘zbekistonga info-tur tashkil etishga kelishib olindi.