https://oz.sputniknews.uz/20250627/isroil-tajovuzi-oqibatida-kop-sonli-tinch-aholi-halok-boldi-50221470.html
Isroil tajovuzi oqibatida ko‘p sonli tinch aholi halok bo‘ldi – Pezeshkiyon
Isroil tajovuzi oqibatida ko‘p sonli tinch aholi halok bo‘ldi – Pezeshkiyon
Sputnik O‘zbekiston
Agar Eron Isroil tajovuziga javob bermaganida, bu mintaqada keng ko‘lamli va nazorat qilib bo‘lmaydigan urushga olib kelishi mumkin edi - Pezeshkiyon. 27.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-27T20:05+0500
2025-06-27T20:05+0500
2025-06-27T20:12+0500
eron
isroil
aqsh
bmt
tinchlik
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/18/46295329_0:81:3227:1896_1920x0_80_0_0_3b35633bdec3fa6750fd6338fd1a5bb9.jpg
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Isroilning Eron Islom Respublikasiga bergan zarbalari natijasida ko‘p sonli tinch aholi qurbon bo‘ldi va yaralandi, dedi Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, IV Yevroosiyo iqtisodiy forumida so‘zlagan onlayn nutqida.Uning so‘zlariga ko‘ra, 12 kunlik urush davomida Eron Qurolli kuchlari BMT Nizomining 51-moddasiga asoslanib, Eronning olijanob millati, milliy suvereniteti va hududiy yaxlitligini qonuniy himoya qilgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronning Isroil agressiyasiga munosabati Yaqin Sharq davlatlarini yanada yirikroq mojarodan qutqarib qoldi. “Agar sionistik rejimning tajovuzi javobsiz qolsa, bu mintaqada keng ko‘lamli va nazorat qilib bo‘lmaydigan urushga olib kelishi mumkin edi”, - deydi Pezeshkiyon.25 iyun kuni Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning 13-iyundan beri uyushtirgan zarbalari natijasida mamlakatning kamida 627 nafar fuqarosi halok bo‘lgani va 4870 nafardan ortiq kishi jarohat olganini ma’lum qilgan edi.
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/18/46295329_249:0:2980:2048_1920x0_80_0_0_a179971813f67c671b122788a3c34518.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
eron, isroil, aqsh, bmt, tinchlik, dunyo yangiliklari, dunyoda
eron, isroil, aqsh, bmt, tinchlik, dunyo yangiliklari, dunyoda
Isroil tajovuzi oqibatida ko‘p sonli tinch aholi halok bo‘ldi – Pezeshkiyon
20:05 27.06.2025 (yangilandi: 20:12 27.06.2025) Agar Eron Isroil tajovuziga javob bermaganida, bu mintaqada keng ko‘lamli va nazorat qilib bo‘lmaydigan urushga olib kelishi mumkin edi - Pezeshkiyon.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Isroilning Eron Islom Respublikasiga bergan zarbalari natijasida ko‘p sonli tinch aholi qurbon bo‘ldi va yaralandi, dedi Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, IV Yevroosiyo iqtisodiy forumida so‘zlagan
onlayn nutqida. "Isroil rejimi uyushtirgan hujumlar davomida harbiy xizmatchilarga, ularning xizmat manzillaridan tashqarida, universitet professorlari va oddiy fuqarolarga qarshi qator noqonuniy va jinoiy hujumlar uyushtirildi. Aholi turar joylari, jamoat infratuzilmasi, kasalxonalar va tibbiyot markazlariga qilingan hujumlar natijasida ko‘p sonli tinch aholi halok bo‘ldi va yaralandi", — dedi Pezeshkiyon.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 12 kunlik urush davomida Eron Qurolli kuchlari BMT Nizomining 51-moddasiga asoslanib, Eronning olijanob millati, milliy suvereniteti va hududiy yaxlitligini qonuniy himoya qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronning Isroil agressiyasiga munosabati Yaqin Sharq davlatlarini yanada yirikroq mojarodan qutqarib qoldi. “Agar sionistik rejimning tajovuzi javobsiz qolsa, bu mintaqada keng ko‘lamli va nazorat qilib bo‘lmaydigan urushga olib kelishi mumkin edi”, - deydi Pezeshkiyon.
25 iyun kuni Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning 13-iyundan beri uyushtirgan zarbalari natijasida mamlakatning kamida 627 nafar fuqarosi halok bo‘lgani va 4870 nafardan ortiq kishi jarohat olganini ma’lum qilgan edi.