https://oz.sputniknews.uz/20250626/yadroviy-falokat-ozbekiston-choralar-axmedxadjaev-50186361.html
Yadroviy falokat yuz berganda O‘zbekiston qanday choralar ko‘radi — Axmedxadjayev javobi
Yadroviy falokat yuz berganda O‘zbekiston qanday choralar ko‘radi — Axmedxadjayev javobi
Sputnik O‘zbekiston
"O‘zatom" agentligi: MAGATE bilan hamkorlikda yo‘l xaritasi ishlab chiqildi, yaqin kunlarda imzolanishi kutilmoqda. 26.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-26T15:06+0500
2025-06-26T15:06+0500
2025-06-26T15:06+0500
jamiyat
o‘zbekiston
senatorlar
o‘zbekiston oliy majlisi senati
atom energetikasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/1a/50184063_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_83a3181ce5f2c4ac87a9a79b2866b739.jpg
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Senatorlar “Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi qonunni ma’qullashdi. O‘zbekiston mazkur Konvensiyaga qo‘shilishi natijasida quyidagilar tatbiq etiladi: Shuningdek, yadroviy javobgarlik rejimi yadroviy falokat yuz bergan taqdirda O‘zbekiston xalqiga tovon to‘lanishi ta’minlanadi. Mazkur hujjatning asosiy maqsadi yadroviy qurilma operatori tomonidan boshqariladigan inshootlarda sodir bo‘lgan hodisalar natijasida yuzaga kelgan yadro zarari uchun operatorning javobgarligini, shuningdek, yadro zararidan moliyaviy himoyani ta’minlash uchun minimal talablarni belgilashdan iborat. Aytilishicha, sug‘urtalash tartibini joriy etishda Belarus, Qozog‘iston va Rossiya tajribalari o‘rganib chiqilgan. Axmedxadjayevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan MAGATE standartlari asosida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilmoqda. 2025-2026 yillarda 25 ta hujjat qabul qilish rejalashtirilgan. Yadroviy qurilmalar xavfsizligini ta’minlash, avariyalarni oldini olish va ularning oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ham rejalashtirilgan. Texnogen xodisalarni tahlil qilish ham ko‘zda tutilmoqda. Qayd etilishicha, MAGATE bilan hamkorlikda yo‘l xaritasi ishlab chiqildi, yaqin kunlarda imzolanishi kutilmoqda. Hujjatda tegishli ma’sul tashkilotlar belgilangan va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish ham ko‘rsatib o‘tilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250622/ozbekiston-rossiya-yadro-tibbiyot-markaz-50086964.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/1a/50184063_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_83d2ba7162f6fb4a2b1eba6266cfae3b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, senatorlar, o‘zbekiston oliy majlisi senati, atom energetikasi
jamiyat, o‘zbekiston, senatorlar, o‘zbekiston oliy majlisi senati, atom energetikasi
Yadroviy falokat yuz berganda O‘zbekiston qanday choralar ko‘radi — Axmedxadjayev javobi
"O‘zatom" agentligi: MAGATE bilan hamkorlikda yo‘l xaritasi ishlab chiqildi, yaqin kunlarda imzolanishi kutilmoqda.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Senatorlar “Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi qonunni ma’qullashdi.
O‘zbekiston mazkur Konvensiyaga qo‘shilishi natijasida quyidagilar tatbiq etiladi:
fuqarolik yadro obyektlarida sodir bo‘lgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi;
muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy normalar.
Shuningdek, yadroviy javobgarlik rejimi yadroviy falokat yuz bergan taqdirda O‘zbekiston xalqiga tovon to‘lanishi ta’minlanadi.
Mazkur hujjatning asosiy maqsadi yadroviy qurilma operatori tomonidan boshqariladigan inshootlarda sodir bo‘lgan hodisalar natijasida yuzaga kelgan yadro zarari uchun operatorning javobgarligini, shuningdek, yadro zararidan moliyaviy himoyani ta’minlash uchun minimal talablarni belgilashdan iborat.
“O‘zbekiston Vena konvensiyasiga qo‘shilish orqali birinchidan, yadroviy obyektlardagi avariyalar uchun operatorlar javobgarligini kafolatlaydi, ikkinchidan, jabrlangan shaxslarga kompensatsiya to‘lanishini ta’minlaydi, zararni qoplash uchun sug‘urta davlat kafolati yoki maxsus jamg‘arma mexanizmi joriy etiladi, xalqaro huquqiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi va investorlar hamda fuqarolar uchun huquqiy kafolatlarni kuchaytiradi”, — dedi "O‘zatom" agentligi direktori Azim Axmedxadjayev.
Aytilishicha, sug‘urtalash tartibini joriy etishda Belarus, Qozog‘iston va Rossiya tajribalari o‘rganib chiqilgan.
Axmedxadjayevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan MAGATE standartlari asosida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilmoqda. 2025-2026 yillarda 25 ta hujjat qabul qilish rejalashtirilgan. Yadroviy qurilmalar xavfsizligini ta’minlash, avariyalarni oldini olish va ularning oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ham rejalashtirilgan. Texnogen xodisalarni tahlil qilish ham ko‘zda tutilmoqda.
Qayd etilishicha, MAGATE bilan hamkorlikda yo‘l xaritasi ishlab chiqildi, yaqin kunlarda imzolanishi kutilmoqda. Hujjatda tegishli ma’sul tashkilotlar belgilangan va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish ham ko‘rsatib o‘tilgan.