O‘zbekistonda psixiatriya va narkologiya xizmati to‘liq transformatsiya qilindi — SSV

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishAptechka
Aptechka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2025
Obuna bo‘lish
SSV: ilk bor qariyb 120 nafar soha mutaxassislari Rossiya, Vengriya, Gretsiya, Ozarbayjon kabi davlatlarda kasbiy mahoratini oshirdi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda psixiatriya va narkologiya xizmati to‘liq transformatsiya qilindi. Bu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Zarifjon Ashurov ma’lum qildi, deb yozmoqda SSV matbuot xizmati.
26 iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni. markaz direktori Zarifjon Ashurovning so‘zlariga ko‘ra, muassasada ixtisoslashtirilgan psixiatrik, tibbiy-psixologik va narkologik yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
“Ilk bor qariyb 120 nafar soha mutaxassislari ilg‘or xorijiy davlatlar, jumladan, AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya, Fransiya, Portugaliya, Belgiya, Italiya, Shvetsariya, Vengriya, Gretsiya, Ozarbayjonda amaliy ko‘nikma va kasbiy mahoratini oshirdi”, — dedi Zarifjon Ashurov.
Markaz va uning hududiy filiallari 30 turdagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlandi. Uchta yo‘nalish bo‘yicha jami 14 ta davolash va tashxislash protokollari ishlab chiqildi xamda amaliyotga tatbiq qilindi.
“Muhimi, giyohvandlik muammosiga qarshi kurashish, uning salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun nafaqat davlatlar, xalqaro tashkilotlar, balki butun jamiyat birgalikda harakat qilishi va bu ishga har bir inson o‘z hissasini qo‘shishi lozim”, — deya qayd etdi u.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar soni 2022-yilda 292 millionga yetgan, bu esa 10-yil ichida 20 foizga o‘sish bo‘ldi degani.
Narkomaniya global epidemiya darajasiga yetib, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘lim darajasi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi. JSSTga ko‘ra, har yili 450 ming nafarga yaqin odam giyohvand moddalarni iste’mol qilish tufayli vafot etadi.
Rabota privivochnogo punkta v Kazani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2024
Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi
Yangiliklar lentasi
0