https://oz.sputniknews.uz/20250626/minsk-eoii-forum-efir-50179712.html
YeOII mamlakatlari yetakchilari Yevroosiyo iqtisodiy forumida ishtirok etdi — video
YeOII mamlakatlari yetakchilari Yevroosiyo iqtisodiy forumida ishtirok etdi — video
Sputnik O‘zbekiston
Forumga 33 mamlakatdan 2,7 ming ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan. 26.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-26T19:49+0500
2025-06-26T19:49+0500
2025-06-27T09:28+0500
yeoii
belarus
minsk
forum
video
yevroosiyo iqtisodiy forumi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/1a/50195742_0:0:3001:1688_1920x0_80_0_0_ac0eae606dadf620b5281bd984318a75.jpg
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Minskda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari rahbarlari ishtirokidagi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishiga bag‘ishlangan IV Yevroosiyo iqtisodiy forumi ish boshladi.Tadbir Belarusning 2025-yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlariga raisligi doirasida bo‘lib o‘tmoqda. Forumning asosiy mavzusi - "Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi strategiyasi: natijalar va istiqbollar."Forumga 33 mamlakatdan 2,7 ming ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan.Bu safar tadbir Minsk xalqaro ko‘rgazmalar markazi maydonida bo‘lib o‘tadi.Forum doirasida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Ishbilarmonlar kengashi prezidiumi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Forumning asosiy panel sessiyalari 26-iyun kuni beshta blokda bo‘lib o‘tadi: YeOII ichki bozori sifati, raqamli transformatsiya, Yevroosiyo bog‘liqligi, strategik blok, texnologik salohiyatni rivojlantirish va kooperatsiya.Oltinchi blok forum doirasidagi tadbirlar bo‘lib, raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish, savdo, texnik tartibga solish, moliyaviy siyosat, transport va energetika masalalarini qamrab oladi.Shuningdek, YeOIIning ijobiy qiyofasini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tadi.Tadbir keng ko‘lamli bo‘lishi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining butun joriy kun tartibini qamrab olishi va rivojlanish istiqbollarini davlat organlari darajasida ham, ekspertlar, akademik hamjamiyat, biznes vakillari bilan ham har tomonlama muhokama qilishni ta’minlashi kutilmoqda.YeOIIga a’zo davlatlar rahbarlari ishtirokidagi "Yevroosiyo iqtisodiy integratsiya strategiyasi: natijalar va istiqbollar" mavzusidagi Yevroosiyo iqtisodiy forumining yalpi majlisi asosiy tadbir bo‘ladi.Yalpi majlisda delegatsiyalar rahbarlari mintaqani rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘z nuqtayi nazarlari bilan o‘rtoqlashaishadi, jahondagi mavjud vaziyat bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etishadi.Shuningdek, YeOII va Mo‘g‘uliston, YeOII va Arab Amirliklari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida ikkita bitim imzolanishi rejalashtirilgan.
belarus
minsk
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/1a/50195742_182:0:2607:1819_1920x0_80_0_0_6c1231b0791d27a2872091378ccd6c93.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, belarus, minsk, forum, video, yevroosiyo iqtisodiy forumi, video
yeoii, belarus, minsk, forum, video, yevroosiyo iqtisodiy forumi, video
YeOII mamlakatlari yetakchilari Yevroosiyo iqtisodiy forumida ishtirok etdi — video
19:49 26.06.2025 (yangilandi: 09:28 27.06.2025) Eksklyuziv
Forumga 33 mamlakatdan 2,7 ming ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Minskda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari rahbarlari ishtirokidagi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishiga bag‘ishlangan IV Yevroosiyo iqtisodiy forumi ish boshladi.
Tadbir Belarusning 2025-yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlariga raisligi doirasida bo‘lib o‘tmoqda. Forumning asosiy mavzusi - "Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi strategiyasi: natijalar va istiqbollar."
Forumga 33 mamlakatdan 2,7 ming ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan.
Bu safar tadbir Minsk xalqaro ko‘rgazmalar markazi maydonida bo‘lib o‘tadi.
Forum doirasida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Ishbilarmonlar kengashi prezidiumi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Forumning asosiy panel sessiyalari 26-iyun kuni beshta blokda bo‘lib o‘tadi: YeOII ichki bozori sifati, raqamli transformatsiya, Yevroosiyo bog‘liqligi, strategik blok, texnologik salohiyatni rivojlantirish va kooperatsiya.
Oltinchi blok forum doirasidagi tadbirlar bo‘lib, raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish, savdo, texnik tartibga solish, moliyaviy siyosat, transport va energetika masalalarini qamrab oladi.
Shuningdek, YeOIIning ijobiy qiyofasini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tadi.
Tadbir keng ko‘lamli bo‘lishi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining butun joriy kun tartibini qamrab olishi va rivojlanish istiqbollarini davlat organlari darajasida ham, ekspertlar, akademik hamjamiyat, biznes vakillari bilan ham har tomonlama muhokama qilishni ta’minlashi kutilmoqda.
YeOIIga a’zo davlatlar rahbarlari ishtirokidagi "Yevroosiyo iqtisodiy integratsiya strategiyasi: natijalar va istiqbollar" mavzusidagi Yevroosiyo iqtisodiy forumining yalpi majlisi asosiy tadbir bo‘ladi.
Yalpi majlisda delegatsiyalar rahbarlari mintaqani rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘z nuqtayi nazarlari bilan o‘rtoqlashaishadi, jahondagi mavjud vaziyat bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etishadi.
Shuningdek, YeOII va Mo‘g‘uliston, YeOII va Arab Amirliklari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida ikkita bitim imzolanishi rejalashtirilgan.