https://oz.sputniknews.uz/20250626/evroosiyo-iqtisodiy-forum-eoii-dori-bozor-50191380.html
Yevroosiyo iqtisodiy forumi: YeOIIda dori vositalarining umumiy bozori yaratiladi
Yevroosiyo iqtisodiy forumi: YeOIIda dori vositalarining umumiy bozori yaratiladi
Sputnik O‘zbekiston
Ittifoq mamlakatlari aholisi uchun dori vositalari naxlari tartibga solinadi. 26.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-26T17:40+0500
2025-06-26T17:40+0500
2025-06-26T17:40+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
dori
dorilar narxi
belarus
forum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/1a/50190129_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_1a91488687bf6a29e22bc72855c9f386.jpg
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) birinchi marta Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining farmatsevtika sektorini raqobat nuqtayi nazaridan rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadqiqot o‘tkazdi. Natijalar haqida YeIK raqobat va monopoliyaga qarshi kurashish vaziri Maksim Yermolovich ma’lum qildi, deb yozmoqda komissiya matbuot xizmati.Bugun Minskda IV Yevroosiyo iqtisodiy forumi ochildi. Uning doirasida "Farmatsevtika bozorini rivojlantirish: kirish va foydalanish imkoniyati" mavzuyiga qaratilgan sessiya bo‘lib o‘tdi.Maksim Yermolovichning qayd etishicha, farmatsevtika sektorini rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadqiqot o‘tkazildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, bularning barchasi biznes va iste’molchilar uchun to‘siqlar yaratishi mumkin. Narxlarni tartibga solishga alohida e’tibor qaratildi. Uning aytishicha, bugungi kunda bu YeOII mamlakatlarining milliy vakolatidir.Biroq Ittifoq dori vositalarining umumiy bozorini shakllantirish sharoitida tartibga solishdagi farqlarga va buning natijasida dori-darmonlar uchun yuzaga keladigan narx disparitetlariga e’tibor qaratish lozim. Bu raqobat uchun chaqiriq.Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Ittifoq mamlakatlarida yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini davolash uchun dori-darmonlar (508% gacha), "qon va gemopoez" guruhidagi dorilar (497% gacha), antibiotiklar (275% gacha) narxlari eng ko‘p farq qiladi.Bu narxlarni davlat tomonidan tartibga solish obyektlari, cheklangan narxlarni hisoblash usullari va referent mamlakatlar ro‘yxatlaridagi farqlarning natijasidir. Ba’zan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning insofsiz bozor strategiyalari ham bo‘lishi mumkin.Shuningdek, bozor subyektlarining raqobatga zid xatti-harakatlarining oldini olish maqsadida yumshoq tartibga solish mexanizmi sifatida "YeOII farmatsevtika sektorining halol amaliyot kodeksi"ni ishlab chiqishni boshlash rejalashtirilgan.2024 yilda YeOII doirasida farmatsevtika sektori hajmi 30,9 milliard dollarni tashkil etdi, shundan 66 foizi dorixona (chakana) segmentiga, 34 foizi davlat xaridlariga to‘g‘ri keladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250626/ozbekiston-eoii-erkin-savdo-zona-50188506.html
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/1a/50190129_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_6c75decf191d14112f9d29c044972430.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, yeik, dori, dorilar narxi, belarus, forum
yeoii, yeik, dori, dorilar narxi, belarus, forum
Yevroosiyo iqtisodiy forumi: YeOIIda dori vositalarining umumiy bozori yaratiladi
Ittifoq mamlakatlari aholisi uchun dori vositalari naxlari tartibga solinadi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) birinchi marta Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining farmatsevtika sektorini raqobat nuqtayi nazaridan rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadqiqot o‘tkazdi. Natijalar haqida YeIK raqobat va monopoliyaga qarshi kurashish vaziri Maksim Yermolovich ma’lum qildi, deb yozmoqda komissiya
matbuot xizmati. Bugun Minskda IV Yevroosiyo iqtisodiy forumi ochildi. Uning doirasida "Farmatsevtika bozorini rivojlantirish: kirish va foydalanish imkoniyati" mavzuyiga qaratilgan sessiya bo‘lib o‘tdi.
Maksim Yermolovichning qayd etishicha, farmatsevtika sektorini rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadqiqot o‘tkazildi.
"Tadqiqot davomida aniqlangan tartibga solish muammolari orasida - YeOII umumiy normalarini milliy darajada qo‘llashdagi farqlar va yagona qoidalar bo‘yicha Ittifoq mamlakatlarida dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishning notekisligi, yuqori va shaffof bo‘lmagan bozorga kirish "bo‘sag‘asi," davlat xaridlari maqsadlari uchun dori vositalarining o‘zaro almashinuvchanligini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud", — deyiladi xabarda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bularning barchasi biznes va iste’molchilar uchun to‘siqlar yaratishi mumkin. Narxlarni tartibga solishga alohida e’tibor qaratildi. Uning aytishicha, bugungi kunda bu YeOII mamlakatlarining milliy vakolatidir.
Biroq Ittifoq dori vositalarining umumiy bozorini shakllantirish sharoitida tartibga solishdagi farqlarga va buning natijasida dori-darmonlar uchun yuzaga keladigan narx disparitetlariga e’tibor qaratish lozim. Bu raqobat uchun chaqiriq.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Ittifoq mamlakatlarida yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini davolash uchun dori-darmonlar (508% gacha), "qon va gemopoez" guruhidagi dorilar (497% gacha), antibiotiklar (275% gacha) narxlari eng ko‘p farq qiladi.
Bu narxlarni davlat tomonidan tartibga solish obyektlari, cheklangan narxlarni hisoblash usullari va referent mamlakatlar ro‘yxatlaridagi farqlarning natijasidir. Ba’zan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning insofsiz bozor strategiyalari ham bo‘lishi mumkin.
"Shu munosabat bilan, YeOII doirasida narxlarni tartibga solish maqsadida dori vositalarining namunaviy ro‘yxatini va ishlab chiqaruvchilarning maksimal narxlarini hisoblashning namunaviy uslubini shakllantirish imkoniyatlarini o‘rganish taklif etildi. Bu Ittifoq mamlakatlari aholisi uchun dori vositalaridan teng kafolatlangan foydalanish darajasini ta’minlaydi", — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Shuningdek, bozor subyektlarining raqobatga zid xatti-harakatlarining oldini olish maqsadida yumshoq tartibga solish mexanizmi sifatida "YeOII farmatsevtika sektorining halol amaliyot kodeksi"ni ishlab chiqishni boshlash rejalashtirilgan.
2024 yilda YeOII doirasida farmatsevtika sektori hajmi 30,9 milliard dollarni tashkil etdi, shundan 66 foizi dorixona (chakana) segmentiga, 34 foizi davlat xaridlariga to‘g‘ri keladi.