Belousov ShHTni terrorizmga qarshi kurashishni kuchaytirishga chaqirdi

© RIA Novosti / Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit ministra oboroni RF A. Belousova v Kazaxstan
Rabochiy vizit ministra oboroni RF A. Belousova v Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2025
Obuna bo‘lish
Andrey Belousov: dunyoda ko‘plab beqarorlik o‘choqlari yuzaga kelmoqda. Shu jumladan – ShHT hududida va uning atrofida.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar harbiy idoralari Suriya, Afg‘oniston va Ukrainadan kelayotgan terrorizm va boshqa tahdidlarga qarshi kurashish uchun jamoaviy harakatlarni kuchaytirishi kerak. Bu haqda dedi Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Xitoyda ShHTga a’zo davlatlar harbiy idoralari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan Andrey Belousovning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda harbiy-siyosiy vaziyat keskinlashmoqda, mojarolar xavfi kuchaymoqda.
Dunyoda ko‘plab beqarorlik o‘choqlari yuzaga kelmoqda. Shu jumladan - Shanxay hamkorlik tashkiloti hududida va uning atrofida, dedi Belousov.
"Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish zarur. Jumladan, Suriya, Afg‘oniston va Ukrainadan ham. Shuningdek, Tashkilot salohiyatini boshqa xalqaro mintaqaviy tuzilmalarning xavfsizlik sohasidagi imkoniyatlari bilan izchil birlashtirish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Birinchi navbatda - KXShT va MDH bilan", — dedi Rossiya mudofaa vaziri.
Uning ta’kidlashicha, "hozirgi sharoitda ShHT doirasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarur."
"Barqarorlikni mustahkamlash manfaatlari yo‘lida yanada yaqinlashish yo‘lini saqlab qolish. Do‘st bo‘lmagan kuchlarning Tashkilotda shakllangan ko‘p yillik aloqalarni buzishga urinishlarini bartaraf etish. Shu bilan birga, ShHTning har bir mamlakati manfaatlarini maqbul hisobga olishni ta’minlash", — dedi Belousov.
Ushbu vazifalarni hal qilishga yordam beradigan qadamlar qatorida u, xususan, mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishni sanab o‘tdi.
"Ehtimoliy tahdidlarga qarshi amaliy javob choralarini ishlab chiqish uchun - ShHT makonida xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirish. Ham ShHT formatida, ham ikki tomonlama asosda harbiy hamkorlik rejalarini amalga oshirishda tezkor va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha qo‘shma tadbirlarga ustuvor ahamiyat berish. Hamkorlikdagi mashg‘ulotlar geografiyasi va mavzularini kengaytirish lozim. Ularga jalb qilinadigan tuzilmalarni tayyorlashni takomillashtirish", — dedi Belousov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva "Rossiya tajribasi va jangovar harakatlarning ilg‘or usullari bilan o‘rtoqlashishga" tayyor.
Rossiya mudofaa vaziri "taklif etilgan yondashuvlarning amalga oshirilishi Tashkilotning izchil rivojlanishiga, uning salohiyatini oshirishga va xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qilishiga" ishonchi komil.
Yangiliklar lentasi
0