O‘zbekistonlik professor IHT Inson huquqlari bo‘yicha doimiy komissiyasiga saylandi
11:37 25.06.2025 (yangilandi: 11:53 25.06.2025)
© Press-slujba Natsionalnogo sentra Respubliki Uzbekistan po pravam chelovekaUzbekistan izbran v Komissiyu po pravam cheloveka Organizatsii islamskogo sotrudnichestva.

© Press-slujba Natsionalnogo sentra Respubliki Uzbekistan po pravam cheloveka
Obuna bo‘lish
Mirzatillo Tillaboyev uch yil muddatga IHT komissiyasi a’zosi bo‘ldi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik professor Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasiga saylandi, deya xabar berdi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz.
Istanbulda IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan muddatga IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining to‘qqiz nafar yangi a’zosi saylandi.
© Press-slujba Natsionalnogo sentra Respubliki Uzbekistan po pravam chelovekaUzbekistan izbran v Komissiyu po pravam cheloveka Organizatsii islamskogo sotrudnichestva.

Uzbekistan izbran v Komissiyu po pravam cheloveka Organizatsii islamskogo sotrudnichestva.
© Press-slujba Natsionalnogo sentra Respubliki Uzbekistan po pravam cheloveka
“Ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston vakili – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari, professor Mirzatillo Tillaboyev uch yil muddatga IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasiga a’zo etib saylandi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Tillaboyevning mustaqil doimiy komissiya a’zoligiga saylanishi O‘zbekistonning milliy tajribasini islom dunyosi maydonida taqdim etish hamda inson huquqlari bo‘yicha dolzarb kun tartibini shakllantirishga hissa qo‘shish uchun strategik imkoniyatdir.
Quyidagilar ma’lum qilindi:
sammit davomida IHT kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi, Istanbul deklaratsiyasi qabul qilindi;
sun’iy intellektni tartibga solish prinsiplari va inson huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Jidda deklaratsiyasi qabul qilindi;
IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasi qarorida Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.
“Bu o‘rinda, jumladan, Falastin xalqi huquqlarini himoya qilish, islomofobiyaga qarshi kurashish, ayollar va bolalar huquqlarini ilgari surish, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash va dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga insonparvarlik bilan munosabatda bo‘lish masalalari haqida so‘z bormoqda”, — deyiladi matbuot xabarida.
Ma’lumot uchun, Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiya IHTning inson huquqlari sohasidagi asosiy ekspert organi hisoblanadi. Ushbu Komissiya 2011-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uch yil muddatga saylanadigan 18 nafar a’zodan iborat. Komissiya IHTga fuqarolik va siyosiy huquqlar, ijtimoiy adolat, ozchiliklar huquqlarini himoya qilish, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, diniy bag‘rikenglik va insonparvarlik muammolari bo‘yicha maslahatlar beradi.