Isroilning olimlarni o‘ldirishi Eron yadro dasturini to‘xtata olmaydi — manba

© ATTA KENAREIranskie flagi razvevayutsya vo vremya seremonii otkritiya novogo oborudovaniya i infrastrukturi 25-fevralya 2019 goda v portu Shaxid Bexeshti v yugo-vostochnom iranskom pribrejnom gorode Chabaxar v Omanskom zalive.
Iranskie flagi razvevayutsya vo vremya seremonii otkritiya novogo oborudovaniya i infrastrukturi 25-fevralya 2019 goda v portu Shaxid Bexeshti v yugo-vostochnom iranskom pribrejnom gorode Chabaxar v Omanskom zalive.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2025
Obuna bo‘lish
Manba: Eron yadroviy dasturi yo‘q qilinmadi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Isroilning eronlik yadrochi olimlarni o‘ldirishi islom respublikasi yadro dasturining rivojlanishini to‘xtata olmaydi. Bu haqda RIA Novostiga Eron xavfsizlik sohasidagi manba ma’lum qildi.

"Biz haqiqatan ham bir qator taniqli mutaxassislarni yo‘qotdik. Isroil hozirgi mojarodan ancha oldin olimlarimizni ovlashni boshlagan. Ammo bu yo‘qotishlarga qaramay, Eron yadro dasturi to‘xtamadi - ayniqsa, endi to‘xtamaydi", — deya ta’kidladi agentlik suhbatdoshi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bir kun avval Eron yadroviy loyihasi yo‘q qilinishini e’lon qildi va agar kimdir uni qayta tiklashga harakat qilsa, xuddi shunday kuch bilan harakat qilishga va’da berdi. Shu bilan birga, islom respublikasining xavfsizlik sohasidagi manbasi RIA Novostiga Eron yadroviy dasturi yo‘q qilinmaganini aytdi.
CNN razvedka hisobotiga tayanib, AQSh zarbalari yadro dasturining asosiy tarkibiy qismlarini yo‘q qilmagani, balki uning rivojlanishini bir necha oy ortga surib qo‘yganini ta’kidladi.
AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiven Uitkoffning OAVga ma’lum qilishicha, AQSh Eronga Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha kelajakdagi kelishuv doirasida uranni boyitish bilan shug‘ullanishga ruxsat bermaydi.
Uitkoffning qo‘shimcha qilishicha, Eron tomoni bilan muhokamalarga allaqachon MAGATE jalb qilingan.
AQSh razvedkasining Eron yadroviy obektlariga Amerika zarbalarining samarasizligi haqidagi ma’lumotining OAVga sizib chiqishi Eronga qarshi urushni davom ettirish zaruratini asoslash uchun kerak bo‘lishi mumkin, dedi rossiyalik senator Aleksey Pushkov.
Flag Izrailya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2025
Isroil armiyasi e’tiborini yana G‘azoga qaratganini ma’lum qildi
Yangiliklar lentasi
0