Eron parlamenti MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatish loyihasini ma’qulladi

Flag MAGATE - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2025
Obuna bo‘lish
Deputat: agar yadroviy obyektlar xavfsizligi va yadroviy sohada tinch faoliyat ta’minlanmasa, agentlik xodimlari tekshiruvlar uchun mamlakatga tashrif buyurishi mumkin emas
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Eron parlamenti Tehronning MAGATE bilan hamkorligini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda parlament prezidiumi a’zosi Alirizo Salimiy ISNA agentligiga ma’ulm qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Eronning MAGATE bilan hamkorligini to‘xtatish loyihasining umumiy qoidalari va tafsilotlari parlament tomonidan ma’qullandi. Parlament qaroriga ko‘ra, agar yadroviy obyektlar xavfsizligi va yadroviy sohada tinch faoliyat ta’minlanmasa, agentlik xodimlari tekshiruvlar uchun mamlakatga tashrif buyurishi mumkin emas, bu esa (kirish to‘g‘risidagi qaror - tahr.), o‘z navbatida, Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashining roziligiga bog‘liq", — dedi eronlik deputat.

Dushanba kuni MAGATE bosh direktori Rafael Grossi tashkilot xodimlarining Erondagi tekshiruvlarini imkon qadar tezroq qayta boshlashga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu AQSh tomonidan hujumga uchragan obyektdan olib chiqib ketilishi mumkin bo‘lgan 60 foizgacha boyitilgan uran bilan nima qilishni tushunishga yordam beradi.
BMT Eronga Iroil va AQSh zarbalari munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazdi — kim qanday fikrda?
Flag MAGATE - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2025
Rossiya AQShning Eronga zarbasi fonida MAGATEdan "aylanma gaplarsiz" aniq munosabat kutmoqda
Yangiliklar lentasi
0