https://oz.sputniknews.uz/20250624/rossiya-yaqin-sharq-mojaro-takliflar-lavrov-50136855.html
Rossiya Yaqin Sharqdagi mojaroni hal qilish bo‘yicha takliflar kiritdi — Lavrov
Rossiya Yaqin Sharqdagi mojaroni hal qilish bo‘yicha takliflar kiritdi — Lavrov
Sputnik O‘zbekiston
Moskva AQSh, Eron va Isroil bilan ishonchli aloqalarda bo‘lib, Yaqin Sharqdagi mojaroni hal qilish bo‘yicha o‘z takliflarini kiritdi, javob ijobiy bo‘ldi.
2025-06-24T15:29+0500
2025-06-24T15:29+0500
2025-06-24T15:29+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
eron
isroil
aqsh
rossiya tiv
sergey lavrov
dmitriy peskov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/12/48941993_0:0:2931:1649_1920x0_80_0_0_9c76f5fe82c64dd4ef77fe822d12f736.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Moskva AQSh, Eron va Isroil bilan ishonchli aloqalarda bo‘lib, Yaqin Sharqdagi mojaroni hal qilish bo‘yicha o‘z takliflarini kiritdi, javob ijobiy bo‘ldi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Primakov o‘qishlari"da so‘zlagan nutqida. Uning ta’kidlashicha, bu g‘oyalar asosiy qarama-qarshilikni - AQSh va Isroilning tinch yadroviy dasturlarni amalga oshirish kontekstida Eronning uranni boyitish bo‘yicha asosiy huquqini buzish orqali kelishuvga erishishga intilishini bartaraf etishga qaratilgan. 24-iyun kuni ertalab Isroil bosh vaziri idorasi Isroil nafaqat operatsiyaning barcha maqsadlariga erishganini, balki ulardan ham oshib ketganini rasman tasdiqladi, shu munosabat bilan Isroil hukumati AQSh prezidenti Donald Trampning ikki tomonlama o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusini qabul qilishga qaror qildi. 24-iyunga o‘tar kechasi Tramp Isroil va Eron 24 soatdan keyin "12 kunlik urushning rasman to‘xtatilishi" kerak bo‘lgan sulh tuzishga kelishib olganini aytdi. Eron Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish kuchga kirganini e’lon qildiRIA Novostiga ko‘ra, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Eron va Isroil o‘rtasidagi sulhga munosabat bildirdi.Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Moskva va Tehron o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlariga putur yetkazmoqchi bo‘lganlar ko‘p. Uning aytishicha, Rossiya Eronni Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha aniq pozitsiyasi bilan qo‘llab-quvvatladi va Tehron bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish niyatida.
https://oz.sputniknews.uz/20250624/yaqin-sharq-harbiy-harakatlar-ozbekiston-50129831.html
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/12/48941993_200:0:2931:2048_1920x0_80_0_0_b10def869446f540b6258118f13d2674.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
moskva aqsh eron isroil yaqin sharqdagi mojaro rossiya tashqi ishlar vaziri sergey lavrov "primakov o‘qishlari"
moskva aqsh eron isroil yaqin sharqdagi mojaro rossiya tashqi ishlar vaziri sergey lavrov "primakov o‘qishlari"
Rossiya Yaqin Sharqdagi mojaroni hal qilish bo‘yicha takliflar kiritdi — Lavrov
Dmitriy Peskov: Agar haqiqatan ham o‘t ochishni to‘xtatishga erishilgan bo‘lsa, buni faqat olqishlash mumkin.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Moskva AQSh, Eron va Isroil bilan ishonchli aloqalarda bo‘lib, Yaqin Sharqdagi mojaroni hal qilish bo‘yicha o‘z takliflarini kiritdi, javob ijobiy bo‘ldi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Primakov o‘qishlari"da so‘zlagan nutqida.
"Bizning bu vaziyatni qanday hal qilish bo‘yicha takliflarimiz ancha oldin kiritilgan, ular amerikaliklar bilan ham, isroilliklar bilan ham, Eron tomoni bilan ham ishonchli aloqalar, jumladan, oliy darajadagi muloqotlar davomida kiritilgan. Vashington ham, Tel-Aviv ham, Tehron ham ijobiy munosabatda bo‘ldi, ammo ilgari surilgan g‘oyalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy jihatdan hech narsa bo‘lmadi", — dedi Lavrov.
Uning ta’kidlashicha, bu g‘oyalar asosiy qarama-qarshilikni - AQSh va Isroilning tinch yadroviy dasturlarni amalga oshirish kontekstida Eronning uranni boyitish bo‘yicha asosiy huquqini buzish orqali kelishuvga erishishga intilishini bartaraf etishga qaratilgan.
24 iyun kuni ertalab Isroil bosh vaziri idorasi Isroil nafaqat operatsiyaning barcha maqsadlariga erishganini, balki ulardan ham oshib ketganini rasman tasdiqladi, shu munosabat bilan Isroil hukumati AQSh prezidenti Donald Trampning ikki tomonlama o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusini qabul qilishga qaror qildi.
24 iyunga o‘tar kechasi Tramp Isroil va Eron 24 soatdan keyin "12 kunlik urushning rasman to‘xtatilishi" kerak bo‘lgan sulh tuzishga kelishib olganini aytdi.
RIA Novostiga ko‘ra, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Eron va Isroil o‘rtasidagi sulhga munosabat bildirdi.
“Biz siz bilan Isroil bosh vaziri (Binyamin Netanyaxu - tahr.) idorasining bayonotini ko‘rdik, janob (Eron tashqi ishlar vaziri Abbos - tahr.) Aroqchi bayonotini eshitdik, biz Tehrondan boshqa bayonotlarni ko‘rmadik, eshitmadik. Va biz, albatta, prezident (AQSh Donald - tahr.) Trampning bayonotini ham ko‘rdik. Agar haqiqatan ham o‘t ochishni to‘xtatishga erishilgan bo‘lsa, buni faqat olqishlash mumkin”, — dedi Peskov jurnalistlarga.
Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Moskva va Tehron o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlariga putur yetkazmoqchi bo‘lganlar ko‘p.
Uning aytishicha, Rossiya Eronni Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha aniq pozitsiyasi bilan qo‘llab-quvvatladi va Tehron bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish niyatida.