O‘zbekiston geosiyosiy keskinlik sharoitida tadbirkorlar uchun maxsus shtabni ishga tushirdi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishRabochee mesto dispetchera
Rabochee mesto dispetchera  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2025
Obuna bo‘lish
Shtab eksport va import yuklari tashuvlari uzluksizligini ta’minlash maqsadida ishga tushirildi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda milliy tashuvchilar hamda tadbirkorlarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish maqsadida “tezkor shtab” ish boshladi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Tezrok shtab xalqaro maydonda vaziyatning jadal o‘zgarishi va ortib borayotgan geosiyosiy keskinlik sharoitida eksport va import yuklari tashuvlari uzluksizligini ta’minlash, ushbu jarayonda milliy tashuvchilar hamda tadbirkorlarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan.
“Tezkor shtab”da quyidagi idoralar vakillaridan iborat:
Transport vazirligi;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;
Bojxona qo‘mitasi;
Savdo-sanoat palatasi;
O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ);
boshqa daxldor idoralar.
“Xalqaro tashuvlar masalalari bo‘yicha murojaat va takliflarini qabul qilish uchun Transport vazirligining 1167 qisqa raqamli ishonch telefoni 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Telegram messenjerida maxsus bot ishga tushirildi.
Shavkat Mirziyoyev pribil v Djiddu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2025
Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlar O‘zbekistonga ham ta’sir etishi aytildi
Yangiliklar lentasi
0