Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin xavfsizlik va harbiy oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bilan uchrashdi — asosiy fikrlar

© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishOfitsialniy vizit predsedatelya KNR Si Szinpina v Rossiyu
Ofitsialniy vizit predsedatelya KNR Si Szinpina v Rossiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2025
Obuna bo‘lish
Putin: zamonaviy xalqaro vaziyat jadal o‘zgarib bormoqda.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda xavfsizlik va harbiy oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bilan uchrashdi, deb yozmoqda Kreml matbuot xizmati.
Qayd etilganidek, zamonaviy xalqaro vaziyat jadal o‘zgarib bormoqda. Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashgan. Mintaqadan tashqaridagi davlatlar ham mojaroga tortilmoqda. Bularning barchasi dunyoni juda xavfli chegaraga olib keladi.
© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin vstretilsya s vipusknikami vuzov silovix i voyennix vedomstv
Prezident Vladimir Putin vstretilsya s vipusknikami vuzov silovix i voyennix vedomstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2025
Prezident Vladimir Putin vstretilsya s vipusknikami vuzov silovix i voyennix vedomstv

“G‘arbda ba’zi siyosatchilar Rossiyani "strategik mag‘lubiyatga uchratish" rejalarini tuzmoqdalar, tarix ularni hech narsaga o‘rgatmaydi. Dushmanlar mojaroning bevosita ishtirokchilari sifatida Kiyevga qurol va pul yuborishda davom etmoqda", — dedi Vladimir Putin.

Vladimir Putin quyidagilarni ma’lum qildi:
NATO haqida: qurollanish poygasini kim qo‘zg‘atayotgani aniq;
G‘arbda xalqni qo‘rqitish uchun go‘yoki "Rossiya bostirib kirishi" mumkinligi haqida qo‘rqituvchi hikoya o‘ylab topishdi;
Biz shuni ham bilamizki, NATOning bo‘lajak sammitida Alyans imkoniyatlarini yanada oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur boshlanganini e’lon qilish rejalashtirilgan;
Uni amalga oshirish uchun NATO mamlakatlarining harbiy budjetlari oshiriladi;
Shu bilan birga, blok a’zolari hozirdanoq harbiy maqsadlar uchun dunyoning barcha davlatlaridan ko‘proq mablag‘ sarflamoqda;
Rossiya Qurolli Kuchlari barcha turdagi qo‘shinlarining jangovar qobiliyatini oshirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda;
armiya va flotni texnik modernizatsiya qilish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda;
mamlakatni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish barcha xizmatlarning aniq muvofiqlashtirilishini talab qiladi;
Davlat xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan barcha tuzilmalar faoliyati samaradorligini oshirish zarur;
Rossiya o‘z suverenitetining kafolati sifatida Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantiradi.
© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin vstretilsya s vipusknikami vuzov silovix i voyennix vedomstv
Prezident Vladimir Putin vstretilsya s vipusknikami vuzov silovix i voyennix vedomstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2025
Prezident Vladimir Putin vstretilsya s vipusknikami vuzov silovix i voyennix vedomstv
Qayd etilishicha, hokimiyat yadroviy triadani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Rossiya floti yuqori aniqlikdagi qirg‘in qurollari bilan jihozlangan yangi kemalar va suv osti kemalarini to‘ldiradi.
Yangiliklar lentasi
0