https://oz.sputniknews.uz/20250623/ozbekiston-pokiston-onlayn-savdo-platforma-50106303.html
O‘zbekiston Pokiston bilan onlayn-savdo platformasi ishlab chiqmoqchi
O‘zbekiston Pokiston bilan onlayn-savdo platformasi ishlab chiqmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston hukumatining O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun mas’ul vakili, sanoat va ishlab chiqarish vaziri Xarun Axtar bilan uchrashdi.
2025-06-23T09:26+0500
2025-06-23T09:26+0500
2025-06-23T09:26+0500
iqtisod
o‘zbekiston
pokiston
axborot texnologiyalari (it)
savdo
elektron savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/16/47646824_0:27:1440:837_1920x0_80_0_0_9bc70068f8459e6116c076be5c513556.jpg
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston elektron tijorat yo‘nalishida onlayn-savdo platformalarini ishlab chiqishni reja qilmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA ma’lum qildi. O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston hukumatining O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun mas’ul vakili, sanoat va ishlab chiqarish vaziri Xarun Axtar bilan uchrashdi. Tomonlar vazirliklar o‘rtasida barcha sohalarni qamrab oluvchi "yo‘l xaritasi"ni imzolashning muhimligini qayd etishdi. Aytilishicha, unda iqtisodiy diplomatiyaga alohida e’tibor qaratish kerak.Shuningdek, Transafg‘on temir yo‘li nafaqat ikki mamlakat, balki Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, strategik sohalardagi mintaqaviy bog‘liqlik loyihalarini amalga oshirish imkonini berishi aytildi. Uchrashuvda quyidagilar ko‘rib chiqildi: Uchrashuv yakunida tomonlar barcha kelishuvlarning amaliy ijrosini ta’minlash, strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va o‘zaro manfaatli loyihalarni ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlarni izchil davom ettirishga kelishib olishdi.
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/16/47646824_144:0:1296:864_1920x0_80_0_0_88d1c832c7857dba04c5f2b079868b5c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonning pokistondagi elchisi alisher to‘xtayev pokiston hukumatining o‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun mas’ul vakili, sanoat va ishlab chiqarish vaziri xarun axtar
o‘zbekistonning pokistondagi elchisi alisher to‘xtayev pokiston hukumatining o‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun mas’ul vakili, sanoat va ishlab chiqarish vaziri xarun axtar
O‘zbekiston Pokiston bilan onlayn-savdo platformasi ishlab chiqmoqchi
Ikki mamlakat hududlaridagi erkin iqtisodiy zonalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston elektron tijorat yo‘nalishida onlayn-savdo platformalarini ishlab chiqishni reja qilmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA
ma’lum qildi. O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston hukumatining O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun mas’ul vakili, sanoat va ishlab chiqarish vaziri Xarun Axtar bilan uchrashdi.
Tomonlar vazirliklar o‘rtasida barcha sohalarni qamrab oluvchi "yo‘l xaritasi"ni imzolashning muhimligini qayd etishdi. Aytilishicha, unda iqtisodiy diplomatiyaga alohida e’tibor qaratish kerak.
Shuningdek, Transafg‘on temir yo‘li nafaqat ikki mamlakat, balki Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, strategik sohalardagi mintaqaviy bog‘liqlik loyihalarini amalga oshirish imkonini berishi aytildi.
Uchrashuvda quyidagilar ko‘rib chiqildi:
davlat xaridlari sohasida aloqalarni rivojlantirish;
elektron tijorat yo‘nalishida onlayn-savdo platformalarini birgalikda ishlab chiqish;
ikki mamlakat hududlaridagi erkin iqtisodiy zonalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
imtiyozli savdo doirasida tovarlar nomenklaturasini oshirish;
O‘zbekiston-Pokiston hududlararo forumini o‘tkazish;
banklararo hamkorlik yo‘nalishida amaliy choralarni ko‘rish.
Uchrashuv yakunida tomonlar barcha kelishuvlarning amaliy ijrosini ta’minlash, strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va o‘zaro manfaatli loyihalarni ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlarni izchil davom ettirishga kelishib olishdi.