https://oz.sputniknews.uz/20250623/mirziyoev-bmt-ozbekiston-xalqaro-markaz-maktab-50114514.html
Mirziyoyev BMTni O‘zbekistonda xalqaro markaz va maktab ochishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
Mirziyoyev BMTni O‘zbekistonda xalqaro markaz va maktab ochishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda BMTning Davlat xizmati bo‘yicha forumi bo‘lib o‘tmoqda. 23.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-23T14:07+0500
2025-06-23T14:07+0500
2025-06-23T14:07+0500
siyosat
o‘zbekiston
samarqand
bmt
shavkat mirziyoyev
forum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1e/44599823_0:60:1160:713_1920x0_80_0_0_1dcb78f762e6df98e3ddaaf5ae1a6fe5.jpg
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Birlashgan Millatlar Tashkilotini respublikada Global bilim markazini ochish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Bu haqda mamlakat yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning Davlat xizmati bo‘yicha forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Samarqandda BMTning Davlat xizmati bo‘yicha forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikadan vazirlar, BMT, xalqaro tashkilotlar, ilm-fan va xususiy sektor vakillari ishtirok etmoqda.Tadbirning ochilishida prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva davlat rahbarining forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.Qayd etilishicha, davlat xizmati va boshqaruvi jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish natijasida O‘zbekiston BMTning elektron hukumatlar rivojlanish darajasi bo‘yicha global reytingida 24 pog‘onaga, Sun’iy intellektga tayyorlik bo‘yicha xalqaro indeksda so‘nggi bir yil ichida 17 pog‘onaga ko‘tarildi.Aytilishicha, mazkur tashabbuslar quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:Prezident bunday muhim tashabbus va takliflar forum doirasida qabul qilinadigan Samarqand deklaratsiyasida o‘zining to‘liq ifodasini topishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, BMT bosh kotibining iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha yordamchisi Navid Hanif va Malayziya bosh vaziri o‘rinbosari Fadillah Yusuf ham tabrik so‘zi bilan chiqish qildi.Forum dasturidan yalpi majlislar, mavzuga oid munozaralar, muzokaralar va taqdimotlar o‘rin olgan. Forum mavzusi: 2030-yilgacha besh yil: barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1e/44599823_65:0:1096:773_1920x0_80_0_0_52ab4451bd71fa551c0b06aba89b9100.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, samarqand, bmt, shavkat mirziyoyev, forum
siyosat, o‘zbekiston, samarqand, bmt, shavkat mirziyoyev, forum
Mirziyoyev BMTni O‘zbekistonda xalqaro markaz va maktab ochishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
Eksklyuziv
Samarqandda BMTning Davlat xizmati bo‘yicha forumi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Birlashgan Millatlar Tashkilotini respublikada Global bilim markazini ochish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Bu haqda mamlakat yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning Davlat xizmati bo‘yicha forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Samarqandda BMTning Davlat xizmati bo‘yicha forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikadan vazirlar, BMT, xalqaro tashkilotlar, ilm-fan va xususiy sektor vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbirning ochilishida prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva davlat rahbarining forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Qayd etilishicha, davlat xizmati va boshqaruvi jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish natijasida O‘zbekiston BMTning elektron hukumatlar rivojlanish darajasi bo‘yicha global reytingida 24 pog‘onaga, Sun’iy intellektga tayyorlik bo‘yicha xalqaro indeksda so‘nggi bir yil ichida 17 pog‘onaga ko‘tarildi.
“Shu bois, sizlarni O‘zbekistonda davlat xizmatida raqamli transformatsiya bo‘yicha Global bilim markazini ochish, xalqaro Yosh yetakchilar maktabini tashkil etish kabi global tashabbuslarimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz”, — deyiladi tabrik matnida.
Aytilishicha, mazkur tashabbuslar quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
Hukumatlar, novatorlar va rivojlanish bo‘yicha sheriklar o‘rtasida almashuvlarni faollashtirish;
kelajak avlod davlat xizmatchilarini tarbiyalash;
boshqaruvda va kundalik hayotda raqamli vositalardan keng foydalanish;
davlat sektorida innovatsiyalarni joriy etish.
Prezident bunday muhim tashabbus va takliflar forum doirasida qabul qilinadigan Samarqand deklaratsiyasida o‘zining to‘liq ifodasini topishiga ishonch bildirdi.
Shuningdek, BMT bosh kotibining iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha yordamchisi Navid Hanif va Malayziya bosh vaziri o‘rinbosari Fadillah Yusuf ham tabrik so‘zi bilan chiqish qildi.
Forum dasturidan yalpi majlislar, mavzuga oid munozaralar, muzokaralar va taqdimotlar o‘rin olgan. Forum mavzusi: 2030-yilgacha besh yil: barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish.