https://oz.sputniknews.uz/20250623/aqsh-yaqin-sharq-mojaro-elchi-50106834.html
AQSh nega Yaqin Sharqdagi mojaroga aralashayotgani aytildi
AQSh nega Yaqin Sharqdagi mojaroga aralashayotgani aytildi
Sputnik O‘zbekiston
Isroil muvaffaqiyatsizlik yoqasida bo‘lmaganida, AQSh Yaqin Sharqdagi mojaroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashmagan bo‘lardi. Bu haqda Eronning Germaniyadagi sobiq elchisi Said Husayn Musavian RIA Novostiga ma’lum qildi.
2025-06-23T13:23+0500
2025-06-23T13:23+0500
2025-06-23T13:23+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
eron
aqsh – eron mojarosi
isroil
aqsh
elchi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/04/41388402_0:72:1347:830_1920x0_80_0_0_543fdd1a889ff257ba68fa298be604fe.png
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Isroil muvaffaqiyatsizlik yoqasida bo‘lmaganida, AQSh Yaqin Sharqdagi mojaroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashmagan bo‘lardi. Bu haqda Eronning Germaniyadagi sobiq elchisi Said Husayn Musavian RIA Novostiga ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron juda jiddiy yo‘qotishlarga uchragan bo‘lsa-da, AQSh ham sodir bo‘lgan voqeaning salbiy oqibatlarini boshdan kechiradi. Uning qayd etishicha, bu holat butun Yaqin Sharqdagi tinchlik va xavfsizlikka ta’sir qiladi. AQShning Yaqin Sharqdagi mojaroga harbiy aralashuvi jahon xavfsizligi asoslariga putur yetkazdi. Mintaqadagi vaziyatni yanada murakkablashtirdi va beqarorlashtirdi, deyiladi Xitoyning Global Times davlat gazetasi tahririyat maqolasida."Amerikalik harbiylarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvi Yaqin Sharqdagi vaziyatni yanada murakkablashtirdi va beqarorlashtirdi, mojaroga ko‘proq mamlakatlar va begunoh tinch aholini jalb qildi va ularni yo‘qotishlarga majbur qildi," deb yozadi mualliflar.Nashrning qayd etishicha, Vashingtonning aralashuvi Eron-Isroil mojarosining "o‘z doirasidan tashqariga chiqa boshlashiga" olib kelgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250622/aqsh-eron-qarshi-xavf-urush-tiv-50096793.html
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/04/41388402_0:0:1201:901_1920x0_80_0_0_1ad58b0ca2f7601c09aaa275ad0ad304.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
isroil muvaffaqiyatsizlik aqsh yaqin sharqdagi mojaro eronning germaniyadagi sobiq elchisi said husayn
isroil muvaffaqiyatsizlik aqsh yaqin sharqdagi mojaro eronning germaniyadagi sobiq elchisi said husayn
AQSh nega Yaqin Sharqdagi mojaroga aralashayotgani aytildi
Musavian: AQSh Isroilning mag‘lubiyati tufayli Yaqin Sharqdagi mojaroga qo‘shildi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Isroil muvaffaqiyatsizlik yoqasida bo‘lmaganida, AQSh Yaqin Sharqdagi mojaroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashmagan bo‘lardi. Bu haqda Eronning Germaniyadagi sobiq elchisi Said Husayn Musavian RIA Novostiga
ma’lum qildi. "Isroil Eronga qarshi o‘n kunlik operatsiyada nafaqat yutqazdi, balki mag‘lubiyat yoqasiga kelib qoldi. Agar bu sodir bo‘lmaganida, AQSh bu ishga aralashmagan bo‘lardi", — deb hisoblaydi Musavian.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron juda jiddiy yo‘qotishlarga uchragan bo‘lsa-da, AQSh ham sodir bo‘lgan voqeaning salbiy oqibatlarini boshdan kechiradi. Uning qayd etishicha, bu holat butun Yaqin Sharqdagi tinchlik va xavfsizlikka ta’sir qiladi.
"AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha jamoasi AQShning Eronga harbiy hujumi oqibatlarini to‘g‘ri baholay olmadi yoki uni bu yo‘ldan qaytarishga muvaffaq bo‘lmadi. Ularning aksariyati bu qarorni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lishi ham mumkin. Nima bo‘lganda ham, bu voqea Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Oq uyga ta’siri darajasini yana bir bor ko‘rsatdi”, — dedi u.
AQShning Yaqin Sharqdagi mojaroga harbiy aralashuvi jahon xavfsizligi asoslariga putur yetkazdi. Mintaqadagi vaziyatni yanada murakkablashtirdi va beqarorlashtirdi, deyiladi Xitoyning Global Times davlat gazetasi tahririyat maqolasida.
"Amerikalik harbiylarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvi Yaqin Sharqdagi vaziyatni yanada murakkablashtirdi va beqarorlashtirdi, mojaroga ko‘proq mamlakatlar va begunoh tinch aholini jalb qildi va ularni yo‘qotishlarga majbur qildi," deb yozadi mualliflar.
Nashrning qayd etishicha, Vashingtonning aralashuvi Eron-Isroil mojarosining "o‘z doirasidan tashqariga chiqa boshlashiga" olib kelgan.