O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida 16 ta medalga ega chiqishdi

© Press-slujba NOK UzbekistanaBorsi iz Uzbekistana zavoyevali 16 medaley na chempionate Azii vo Vyetname
Borsi iz Uzbekistana zavoyevali 16 medaley na chempionate Azii vo Vyetname - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2025
Obuna bo‘lish
Sportchilar qit’a birinchiligini 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza medali bilan yakunlashdi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. U23 yosh toifasidagi o‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida 16 ta medalni qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Vyetnamda sport kurashlari bo‘yicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Erkin kurash ustalari o‘rtasida kechgan so‘nggi kun bahslarida o‘zbekistonlik atletlar 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Kumush medal: -65 kg: Umidjon Jalolov, -74 kg: Zafarbek Otaxonov.
Bronza medal: -92 kg: Sadriddin Daminjonov.
Shu tariqa, mazkur yosh toifasidagi sportchilar qit’a birinchiligini 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza, jami 16 ta medal bilan yakunlashdi.
Ertadan U17 yosh toifasidagi polvonlar bahslarga kirishishadi.
Yangiliklar lentasi
0