"O‘zatom" va "Rosatom" radiatsiyaviy ishlov berish texnologiyalarini rivojlantirmoqchi
© Agentstvo "Uzatom""Uzatom" i "Rosatom" podpisali Memorandum o vzaimoponimanii v sfere radiatsionnoy obrabotki produksii.

© Agentstvo "Uzatom"
Obuna bo‘lish
Ikki davlat o‘rtasida imzolangan hujjat respublikada ko‘p tarmoqli ionlashtiruvchi qayta ishlash markazlarini tashkil etish sohasida hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. "O‘zatom" agentligi va "Rosatom" davlat korporatsiyasi o‘rtasida mahsulotlarga radiatsiyaviy ishlov berish sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, deya xabar berdi agentlik matbuot xizmati.
Moskvada "O‘zatom" agentligi direktori Azim Axmedxadjayev va "Rosatom"ning radiatsiyaviy ishlov berish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan boshqaruv tizimidagi tashkilot bosh direktori Artur Kolontayev o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashdi.
Aytilishicha, tomonlar tibbiyot va qishloq xo‘jaligi sohalari bilan bog‘liq radiatsiyaviy ishlov berish texnologiyalarini birgalikda rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
Ushbu hujjat respublikada ko‘p tarmoqli ionlashtiruvchi qayta ishlash markazlarini tashkil etish sohasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.
"Biz O‘zbekistonning ionlashtiruvchi qayta ishlash bozorining ulkan salohiyatini ko‘rmoqdamiz va hamkorimiz "O‘zatom" agentligi bilan birgalikda oziq-ovqat xavfsizligi va aholi salomatligini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining eksport imkoniyatlarini yanada rivojlantirish uchun radiatsiya texnologiyalaridan kengroq foydalanishga ko‘maklashishga tayyormiz", – dedi Artur Kolontayev.
Azim Axmedxadjayevning qayd etishicha, "Rosatom" bilan imzolangan memorandum O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.
“Ko‘p tarmoqli ionlashtiruvchi ishlov berish markazlarini rivojlantirish tibbiyot va qishloq xo‘jaligi sohalarini modernizatsiya qilish, yuqori darajadagi sterilizatsiyani ta’minlash, mahsulotlarni saqlash muddatlarini uzaytirish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi. O‘zbekiston yangi ufqlar sari faol harakat qilmoqda va bu hamkorlik bizga nafaqat mahalliy mahsulotlar sifatini oshirish, balki eksport salohiyatini sezilarli darajada kengaytirish, mamlakatning barqaror rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochish imkonini beradi", – dedi Axmedxadjayev.
Ma’lumot uchun, ko‘p tarmoqli ishlov berish markazlari – bu tibbiy buyumlar, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ionlashtiruvchi ishlov berishni amalga oshirish uchun binolar, muhandislik tizimlari va uskunalar majmuasidir. Ionlashtiruvchi ishlov berish bu tibbiy buyumlarni tez va samarali sterillash imkonini beradi va sterillikni ta’minlash darajasi 10 (6-) bo‘lgan usul hisoblanadi.
Bunday ishlov berish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish muddatini uzaytirish, ularni dezinseksiya va dekontaminatsiya qilish, patogen mikroorganizmlarni bartaraf etish imkonini beradi, shu bilan birga inson salomatligi uchun xavfsiz hisoblanadi. Ionlashtiruvchi ishlov berish usulining xavfsizligi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi agentligi, Xalqaro atom energiyasi agentligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan.