Brestda urush qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan konsert-rekviyem bo‘lib o‘tdi — video

Obuna bo‘lish
Bugun Ulug‘ Vatan urushi va Belarus xalqining genotsidi qurbonlarini umumxalq xotirasi kuni nishonlanmoqda.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. 22 iyun, yakshanba kuni Belarusda Ulug‘ Vatan urushi va Belarus xalqining genotsidi qurbonlarini umumxalq xotirasi kuni nishonlanadi. Mamlakat bo‘ylab urush boshlangan kunga bag‘ishlangan xotira tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Miting-rekviyem 22-iyunga o‘tar kechasi 1941-yilda nemis-fashist bosqinchilarining zarbasini birinchi bo‘lib qabul qilgan Brest qal’asi devorlarida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Belarus rahbariyati, respublika va Rossiya vazirlik va idoralari, ikki mamlakat hududlari, shuningdek, Ittifoq davlatining doimiy qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi. Diplomatik missiyalar vakillari, jamoat arboblari, yoshlar, faxriylar va boshqa mehmonlar ham tashrif buyurdi. Brest qal’asidagi miting-rekviyemda 35 mingga yaqin kishi qatnashdi.
Yangiliklar lentasi
0