Ipakchilik, sutni qayta ishlash: O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida hamkorlik rivojlantiriladi
13:59 21.06.2025 (yangilandi: 14:32 21.06.2025)
© Press-slujba MIPT RUz.Laziz Kudratov prinyal uchastie v 14 zasedanii Sovmestnoy mejpravkomissii po sotrudnichestvu mejdu Uzbekistanom i Azerbaydjanom.

© Press-slujba MIPT RUz.
Obuna bo‘lish
Joriy yil boshidan buyon O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 40 foizga oshgani qayd etildi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Boku shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish hamda chuqurlashtirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlab O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ikki mamlakat delegatsiyalariga Laziz Qudratov va Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabbarov rahbarlik qildi.
© Press-slujba MIPT RUz.Laziz Kudratov prinyal uchastie v 14 zasedanii Sovmestnoy mejpravkomissii po sotrudnichestvu mejdu Uzbekistanom i Azerbaydjanom.

Laziz Kudratov prinyal uchastie v 14 zasedanii Sovmestnoy mejpravkomissii po sotrudnichestvu mejdu Uzbekistanom i Azerbaydjanom.
© Press-slujba MIPT RUz.
Tadbir davomida savdo-iqtisodiy hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi, transport, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatidagi qo‘shma loyihalar kabi strategik sheriklikni tashkil etuvchi asosiy yo‘nalishlar muhokama qilindi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Turkiy davlatlar savdo va investitsiya hamkorligi ko‘rgazmasi va forumidagi ishtiroki alohida qayd etildi. Joriy yil boshidan buyon O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 40 foizga oshgani qayd etildi.
Shuningdek, turar joy va turizm obyektlari qurilishi, logistika markazi, paxta va sut klasterlari tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. 360 million dollardan ortiq qiymatdagi 15 loyihani moliyalashtirishda ishtirok etayotgan Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasining faoliyati yuqori baholandi.
© Press-slujba MIPT RUz.Laziz Kudratov prinyal uchastie v 14 zasedanii Sovmestnoy mejpravkomissii po sotrudnichestvu mejdu Uzbekistanom i Azerbaydjanom.

Laziz Kudratov prinyal uchastie v 14 zasedanii Sovmestnoy mejpravkomissii po sotrudnichestvu mejdu Uzbekistanom i Azerbaydjanom.
© Press-slujba MIPT RUz.
Qo‘shma komissiyaning yig‘ilishida bir qator tashabbuslar kelishib olindi. Ular qatorida o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi, 2025–2026 yillar uchun Sanoat kooperatsiyasi dasturi, ikki yillik savdo missiyalari jadvali, Toshkent va Boku shaharlarida savdo uylari va shou-rumlar ochilishi, ikki davlat tadbirkorlar kengashini tashkil etish hamda mintaqalararo transport yo‘laklarini rivojlantirish, ipakchilik, paxtachilik va sutni qayta ishlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar mavjud.
Laziz Qudratovning safari III O‘zbekiston va Ozarbayjon hududlararo forumi ishtiroki bilan davom etdi. Unda ikki davlatning 50 dan ortiq ishbilarmon doiralari vakillari qatnashdi. Forum doirasida hududlar rahbarlari va yetakchi kompaniyalar ishtirokida B2B uchrashuvlar o‘tkazilib, mintaqaviy darajadagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Tashrif yakunida vazir bir qator yirik ozarbayjon kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari va qo‘shma investitsiya loyihalari muhokama qilindi.