PXIF-2025: Vladimir Putin bayonotidan asosiy fikrlar
21:36 20.06.2025 (yangilandi: 21:55 20.06.2025)

© Sputnik / Ivan Sekretarev
/ Obuna bo‘lish
Rossiya iqtisodiyoti neft-gaz sohasiga, ya’ni xom-ashyoga bog‘liq bo‘lmagan tarmoqlar orqali o‘smoqda - Putin.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 28 Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisida so‘zga chiqdi.
Rossiya iqtisodiyoti o‘smoqda
Rossiya iqtisodiyoti o‘smoqda
Prezident aytishiga ko‘ra, so‘nggi YaIM o‘sishi so‘nggi yilarda, yiliga 4 foizdan ko‘p oshgan. 2025-yilning 4 oyida esa yilik hisobda 1,5 foizga oshgan. Eng muhimi, ushbu o‘sish neft gaz sohasiga bog‘liq bo‘lmagan. So‘nggi yillarda iqtisodning neft-gazga, ya’ni xom-ashyoga bog‘liq bo‘lmagan sohalari 2023-yilda - 7,2%, 2024-yilda - 4,9 % o‘sgan.
Shuningdek, yillik inflyatsiya ham kamaymoqda, 16-iyun holatiga u 9,6% ni tashkil etgan.
Ishsizlik darajasi ham barqarorlashib, tarixiy eng past natijalarda 2,3% miqdorida saqlanib qolmoqda, dedi Rossiya prezidenti.
“2000 yilda Rossiyada qashshoqlik darajasi 29 % edi, ya’ni 42,3 million kishi shunday achinarli ahvolda edi. 2024-yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 7,2 % bo‘ldi, ya’ni 10,5 million kishi. Buni yana kamaytirishimiz kerak, albatta, maqsad - 5 foizgacha”, - dedi prezident.
“Fuqarolarning iqtisodiy faolligini oshirish uchun shart-sharoit yaratishimiz kerak. Buning uchun ham yoshlar, ham yetuk insonlar mehnat bozorida o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishlari, yangi malakalarga ega bo‘lishlari, muvaffaqiyatli martaba qurishlari, daromadlarini oshirishlari mumkin. Ya’ni, gap yuqori maoshli iqtisodiyotga o‘tish haqida ketmoqda. Bunda tadbirkorlarning o‘zlari ish o‘rinlari sifatini oshirish va mehnat unumdorligini oshirishga intilishi kerak”, — dedi Putin.
Raqamli rubldan fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish zarur, dedi Rossiya prezidenti.
“Markaziy bank va hukumatdan zarur tartib-qoidalarni tezlashtirishni va moliya sektorimizni texnologik rivojlantirishning yangi bosqichiga o‘tish muddatlarini belgilashni so‘rayman”, — dedi prezident.
Dunyoning ko‘plab davlatlari global onlayn savdo platformalaridan foydalanayotgan vaqtda, Rossiya o‘zining muvaffaqiyatli ishlayotgan marketpleyslariga ega, dedi Rossiya prezidenti PXIF yalpi majlisida.
Buning evaziga hatto uzoq qishloqlarda joylashgan tadbirkorlar ham o‘z mahsulotlarini global bozorga chiqarish imkoniga ega.
2024 yilda Rossiya tadbirkorlart 77 mingta yangi brendni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu, asosan, yengil sanoat tovarlari, dasturiy ta’minot, maishiy kimyo va boshqa ayrim mahsulotlari. Bu yaxshi o‘sish, sezilarli, o‘sish, biz yangi rus brendlarini qo‘llab-quvvatlaymiz, - dedi prezident.
BRIKS ulushi o‘smoqda
"Asr boshida ushbu ko‘rsatgich global YaIMning beshdan bir qismini tashkil etgan bo‘lsa, bugun BRIKS davlatlarining ulushi 40%ga yetgan. Kelajakda BRIKS davlatlarining ulush faqat o‘sishi aniq, bu shubhasiz haqiqat. Bu, birinchi navbatda, global janubdagi dinamik davlatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘sish tobora barqaror bo‘lishi, imkon qadar ko‘proq mamlakatlarni qamrab olishi kerak", - dedi Rossiya prezidenti.
Ko‘p qutbli dunyo bu — tabiiy jarayon
Rossiya dunyoda hamma bir-biri bilan kelishib, yechim topadigan ko‘p qutbli tartibni rivojlantirish tarafdori.
Rossiya dunyoda hamma bir-biri bilan kelishib, yechim topadigan ko‘p qutbli tartibni rivojlantirish tarafdori.
Global muammolar global javob talab qiladi, ularni yolg‘iz hal qilib bo‘lmaydi. Rossiya global rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda Osiyoga burilish yasadi.
Bizning vazifamiz - qarorlar muvozanatli bo‘lishi uchun dunyodagi o‘zgarishlarga sivilizatsiya xarakterini berish.
Rossiya qilayotgan hamma narsa global muammolarni hal qilishda sheriklarining sa’y-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan.
Eng muhimi ko‘p qutbli dunyoning paydo bo‘lishi bu - tabiiy jarayon, xuddi har ertalab quyoshning chiqishi kabi. Rossiya va Xitoy bunga yordam bermoqda xolos.
Yaqin Sharq mojarosiga munosabat
Eng muhimi ko‘p qutbli dunyoning paydo bo‘lishi bu - tabiiy jarayon, xuddi har ertalab quyoshning chiqishi kabi. Rossiya va Xitoy bunga yordam bermoqda xolos.
Yaqin Sharq mojarosiga munosabat
Dundoda ikkita bir xil mojaro bo‘lmaydi. Har qanday mojaro tashqi jihatdan o‘xshash bo‘lsada, uning ichki sabablari turlicha bo‘ladi.
Birinchidan, Isroilda 2 millionga yaqin rus tilida so‘zlashuvchi aholi bor. Biz o‘zimizning yangi siyosatimizda buni hisobga olishimiz kerak.
Ikkinchidan, Rossiya aholisining 15% islom dini vakillari va biz Eron bilan ham boshqa islom davlatlari bilan ham an’anaviy yaxshi munosabatlardamiz.
Biz Eronni uning tinch atom yo‘lida har doim qo‘llab-quvvatlab kelganmiz. Xalqaro tashkilotlar miqyosida uning ushbu huquqini himoya qilib kelganmiz.
Barcha ta’qiqlarga qaramasdan biz Busherda AES qurdik va yana ikkita AES qurish uchun shartnoma imzoladik. Bularning barchasi xalqaro qonunchilik doirasida amalga oshirildi.
Bugungi vaziyatda ham, mavjud bo‘lgan barcha xavlarga qaramasdan, biz o‘z mutaxassislarimizni u yerdan evakuatsiya qilganimiz yo‘q. Aksincha, biz Isroil va AQSh rahbariyatidan o‘z xodimlarimiz xavfsizligiga zarar yetkazmaslikni so‘radik va ular bunga rozi bo‘ldi.
Mana shularning barchasi Eronni qo‘llab-quvvatlash emasmi?
Menimcha, ushbu masalada bizning BMTdagi pozitsiyamiz ham Eron ham Isroil manfaatlariga javob beradi.
Ukraina mojarosi haqida
Ukrainada sodir bo‘layotgan fojia — dunyoda global o‘zgarishlarni qabul qilishga tayyor bo‘lmaganlarning ishi natijasidir.
Ukrainada sodir bo‘layotgan fojia — dunyoda global o‘zgarishlarni qabul qilishga tayyor bo‘lmaganlarning ishi natijasidir.
“Ruslar va ukrainlar bir xalq ekanligini ko‘p marta aytganman. Shu ma’noda butun Ukraina bizniki.
“Rossiya Ukrainani taslim qilishga intilmayapti. Biz jang maydolnida yuzaga kelgan voqelikni tan olishni talab qilamiz”, - dedi Putin.
“Rossiya Ukrainani taslim qilishga intilmayapti. Biz jang maydolnida yuzaga kelgan voqelikni tan olishni talab qilamiz”, - dedi Putin.
Rossiya Ukraina mustaqilligi va suverenitet huquqini shubha ostiga qo‘ymaydi. Ukraina 1991-yilda mustaqillik deklaratsiyasida “Ukraina harbiy bloklarga qo‘shilmaydigan, betaraf davlat” bo‘lishi aytilgan. Hozirgi Ukraina rahbarlari ana shu hujjatini esga olsa yaxshi bo‘lardi.
Ukraina Kursk viloyatiga tajvuz uyushtirishi oqibatida minglab tinch aholi jabr ko‘rdi, Ukrainaing o‘zi 76 ming kishini yo‘qotdi. Biz esa butun chegara bo‘ylab xavfsizlik zonasi tashkil qilishga majbur bo‘ldik.
Bu shundoq ham ta’minlangan Ukraina armiyasining yana qo‘shimcha kuchini jalb qilishga olib keldi. Ukraina armiyasida shaxsiy tarkib bilan to‘ldirish darajasi atigi 47 foiz.
Bu shundoq ham ta’minlangan Ukraina armiyasining yana qo‘shimcha kuchini jalb qilishga olib keldi. Ukraina armiyasida shaxsiy tarkib bilan to‘ldirish darajasi atigi 47 foiz.