Toshkentda "Eco Expo Central Asia 2025" xalqaro ko‘rgazmasi ochildi — foto
Toshkentda "Eco Expo Central Asia 2025" xalqaro ko‘rgazmasi ochildi — foto
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi Central Asian Expo (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida ilk bor Eco Expo Central Asia 2025 xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi ish boshladi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Toshkentdagi "Central Asian Expo" (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida ilk bor "Eco Expo Central Asia 2025" xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi ish boshladi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Mintaqada o‘xshashi bo‘lmagan keng ko‘lamli tadbir 30 tadan ortiq mamlakatni birlashtirdi va ko‘rgazma majmuasini muloqot, ilg‘or tajriba almashish va "yashil" transformatsiyani ilgari surish uchun yetakchi platformaga aylantiradi.Bu yerda iqlim barqarorligi, resurslarni tejash va toza texnologiyalarni joriy etishning asosiy masalalari muhokama qilinadi. Ko‘rgazma sun’iy intellekt va yashil energetika sohasidagi innovatsiyalardan tortib, suvni tejash va ekologik ta’lim yechimlarigacha bo‘lgan kelajak texnologiyalarining butun to‘plamini qamrab oladi.Transport vazirligi huzuridagi TAILEV loyihalarni boshqarish guruhining shaharsozlik bo‘yicha mutaxassisi Bobur Sirojev "Eco Expo" ko‘rgazmasidagi "Yashil shahar avtotransport yo‘laklari" taqdimoti doirasida Toshkent shahrida rekonstruksiya qilinayotgan Shota Rustaveli ko‘chasi haqida ma’lumot berdi.Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilishda jamoat transportiga e’tibor qaratiladi.Tadbirda Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdug‘afforov ma’lum qilishicha, shu yil Toshkentga yana 200 ta elektrobus olib kelinadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda mavjud 420 ta elektrobus yiliga 20 ming tonnaga yaqin karbonat angidrid chiqindilarini chiqarishni kamaytiradi. Shuningdek, u poytaxtda yo‘lovchilar qatnovi soni ikki baravarga oshib, 1,4 millionga yetganini aytib o‘tdi. Ishtirokchi davlatlar orasida Fransiya, Janubiy Koreya, Tojikiston, Rossiya, Turkmaniston, Italiya, Qozog‘iston, Avstriya, Shveysariya, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Qatar, XXR, Xorvatiya, Singapur, BAA, Belarus, Belgiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Norvegiya, Vengriya, Turkiya, Gruziya, Bangladesh, Misr, Latviya va Falastin bor.Ayni paytda ko‘rgazmada ishtirok etish uchun 3000 nafarga yaqin xorijiy va mahalliy ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tgan. Ular orasida 40 nafarga yaqin yuqori martabali mehmonlar bor.Ko‘rgazma doirasida 20 tadan ortiq xalqaro tashkilotlar va yetakchi kompaniyalar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, vazirlik va idoralar, xorijiy va mahalliy kompaniyalar, xalqaro moliya institutlari va donorlik tuzilmalari o‘z pavilonlarini namoyish etadi.Uch kun davomida mehmonlarni qiziqarli dastur kutmoqda:“35 tadan ortiq parallel tadbirlar o‘tkazish, istiqbolli loyihalar taqdimotini o‘tkazish va ekologik dasturlar bo‘yicha bitimlar imzolash rejalashtirilgan. Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish, "yashil" qurilish va ekologik kun tartibiga yoshlarni jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi”, - deya xabar berdi tadbir tashkilotchilari.
Ko‘rgazma doirasida ekologik dasturlar bo‘yicha bitimlar imzolash rejalashtirilgan.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Toshkentdagi "Central Asian Expo" (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida ilk bor "Eco Expo Central Asia 2025" xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi ish boshladi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Mintaqada o‘xshashi bo‘lmagan keng ko‘lamli tadbir 30 tadan ortiq mamlakatni birlashtirdi va ko‘rgazma majmuasini muloqot, ilg‘or tajriba almashish va "yashil" transformatsiyani ilgari surish uchun yetakchi platformaga aylantiradi.
Bu yerda iqlim barqarorligi, resurslarni tejash va toza texnologiyalarni joriy etishning asosiy masalalari muhokama qilinadi. Ko‘rgazma sun’iy intellekt va yashil energetika sohasidagi innovatsiyalardan tortib, suvni tejash va ekologik ta’lim yechimlarigacha bo‘lgan kelajak texnologiyalarining butun to‘plamini qamrab oladi.
Transport vazirligi huzuridagi TAILEV loyihalarni boshqarish guruhining shaharsozlik bo‘yicha mutaxassisi Bobur Sirojev "Eco Expo" ko‘rgazmasidagi "Yashil shahar avtotransport yo‘laklari" taqdimoti doirasida Toshkent shahrida rekonstruksiya qilinayotgan Shota Rustaveli ko‘chasi haqida ma’lumot berdi.
Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilishda jamoat transportiga e’tibor qaratiladi.
“Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilish loyihasi bo‘yicha ajratilgan yo‘laklarni joriy etish jamoat transporti yo‘lovchilari uchun yo‘l vaqtini 12 foizga qisqartirish imkonini beradi”, — dedi Bobur Sirojev.
Tadbirda Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdug‘afforov ma’lum qilishicha, shu yil Toshkentga yana 200 ta elektrobus olib kelinadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda mavjud 420 ta elektrobus yiliga 20 ming tonnaga yaqin karbonat angidrid chiqindilarini chiqarishni kamaytiradi. Shuningdek, u poytaxtda yo‘lovchilar qatnovi soni ikki baravarga oshib, 1,4 millionga yetganini aytib o‘tdi.
Ishtirokchi davlatlar orasida Fransiya, Janubiy Koreya, Tojikiston, Rossiya, Turkmaniston, Italiya, Qozog‘iston, Avstriya, Shveysariya, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Qatar, XXR, Xorvatiya, Singapur, BAA, Belarus, Belgiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Norvegiya, Vengriya, Turkiya, Gruziya, Bangladesh, Misr, Latviya va Falastin bor.
Ayni paytda ko‘rgazmada ishtirok etish uchun 3000 nafarga yaqin xorijiy va mahalliy ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tgan. Ular orasida 40 nafarga yaqin yuqori martabali mehmonlar bor.
Ko‘rgazma doirasida 20 tadan ortiq xalqaro tashkilotlar va yetakchi kompaniyalar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, vazirlik va idoralar, xorijiy va mahalliy kompaniyalar, xalqaro moliya institutlari va donorlik tuzilmalari o‘z pavilonlarini namoyish etadi.
Uch kun davomida mehmonlarni qiziqarli dastur kutmoqda:
xalqaro ekspertlar ishtirokidagi yalpi va panel muhokamalari;
innovatsion loyihalar taqdimotlari;
yashil energetika, ekoturizm, barqaror shaharlar, raqamli texnologiyalar;
iqlimni moliyalashtirish bo‘yicha tematik sessiyalar, mahorat darslari;
fotoko‘rgazmalar, madaniy tadbirlar va startaplar tanlovi.
“35 tadan ortiq parallel tadbirlar o‘tkazish, istiqbolli loyihalar taqdimotini o‘tkazish va ekologik dasturlar bo‘yicha bitimlar imzolash rejalashtirilgan. Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish, "yashil" qurilish va ekologik kun tartibiga yoshlarni jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi”, - deya xabar berdi tadbir tashkilotchilari.