https://oz.sputniknews.uz/20250619/ozbekiston-belarus-qishloq-mahsulotlar-savdo-50014421.html
O‘zbekiston va Belarus qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini kengaytirmoqchi
O‘zbekiston va Belarus qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini kengaytirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Belarus tajribasiga tayanib, golubika yetishtirishni yo‘lga qo‘yish va kartoshka urug‘larini sinovdan o‘tkazishni reja qilmoqda. 19.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-19T11:55+0500
2025-06-19T11:55+0500
2025-06-19T11:55+0500
iqtisod
o‘zbekiston
belarus
qishloq xo‘jaligi vazirligi
qishloq xo‘jaligi
hamkorlik
kartoshka
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/13/50012245_0:0:1142:642_1920x0_80_0_0_7aa371c97c7215ff83c858156492b1de.jpg
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini kengaytirish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi. Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev Belarus qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri o‘rinbosari Igor Smilgin bilan uchrashdi. Aytilishicha, muloqotda o‘zaro qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini kengaytirish, go‘sht va sut mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalar belgilandi. Shuningdek, Belarus tajribasiga tayanib, O‘zbekistonda golubika yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, kartoshka urug‘larini sinovdan o‘tkazish, zig‘ir urug‘ini yetkazib berish bo‘yicha amaliy qadamlar belgilab olindi. Agrar ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi hamkorlik ham ko‘rib chiqildi. Safar doirasida yana bir muhim uchrashuv Volkovysk shahrida joylashgan "Bellakt" AJ kompaniyasi bosh direktori Vitaliy Lupik bilan bo‘lib o‘tdi. Qayd etilishicha, ushbu korxona nafaqat Belarusda, balki butun MDH hududida bolalar uchun quruq oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik va yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Ma’lumot uchun, “Bellakt” – bolalar ovqati, sut mahsulotlari, shuningdek, homilador va emizikli ayollar uchun mo‘ljallangan maxsus oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
https://oz.sputniknews.uz/20250530/belarus-va-ozbekiston-hamkorligi-qanday-rivojlanmoqda-video-49622486.html
o‘zbekiston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/13/50012245_0:0:1142:858_1920x0_80_0_0_8976d750f3376a7ffffaab0515a558be.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, belarus, qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligi, hamkorlik, kartoshka
iqtisod, o‘zbekiston, belarus, qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligi, hamkorlik, kartoshka
O‘zbekiston va Belarus qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini kengaytirmoqchi
O‘zbekiston Belarus tajribasiga tayanib, golubika yetishtirishni yo‘lga qo‘yish va kartoshka urug‘larini sinovdan o‘tkazishni reja qilmoqda.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini kengaytirish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi
xabar berdi. Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev Belarus qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri o‘rinbosari Igor Smilgin bilan uchrashdi.
Aytilishicha, muloqotda o‘zaro qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini kengaytirish, go‘sht va sut mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalar belgilandi.
Shuningdek, Belarus tajribasiga tayanib, O‘zbekistonda golubika yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, kartoshka urug‘larini sinovdan o‘tkazish, zig‘ir urug‘ini yetkazib berish bo‘yicha amaliy qadamlar belgilab olindi.
Agrar ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi hamkorlik ham ko‘rib chiqildi.
“Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha tuzilgan Qo‘shma ishchi guruhining navbatdagi — 6-yig‘ilishi bo‘yicha Bayonnoma ikki davlat vakillari tomonidan imzolandi. Bu hujjat ikki tomonlama hamkorlikning mustahkam huquqiy asosiga aylanishi shubhasiz”, — deyiladi xabarda.
Safar doirasida yana bir muhim uchrashuv Volkovysk shahrida joylashgan "Bellakt" AJ kompaniyasi bosh direktori Vitaliy Lupik bilan bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, ushbu korxona nafaqat Belarusda, balki butun MDH hududida bolalar uchun quruq oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik va yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi.
“Uchrashuv davomida ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, import va eksportni yo‘lga qo‘yish, texnologiyalar almashinuvi bo‘yicha aniq takliflar bildirildi”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Ma’lumot uchun, “Bellakt” – bolalar ovqati, sut mahsulotlari, shuningdek, homilador va emizikli ayollar uchun mo‘ljallangan maxsus oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradi.