https://oz.sputniknews.uz/20250618/vengriya-milliy-muzey-ozbekiston-islom-tsivilizatsiya-markaz-49994469.html
Vengriya Milliy muzeyi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik qilmoqchi
Vengriya Milliy muzeyi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik qilmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elchisi Vengriya Milliy muzeyi ijrochi direktori bilan uchrashdi. 18.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-18T16:18+0500
2025-06-18T16:18+0500
2025-06-18T16:18+0500
madaniyat
o‘zbekiston
vengriya
muzey
islom sivilizatsiyasi markazi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/1e/47750301_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_013edf8c2b0c66e83d9bc19cdba9b484.jpg
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Vengriya Milliy muzeyi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik qilmoqchi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Milliy muzeyi ijrochi direktori Jigmond Gabor bilan uchrashdi. Muzokaralar chog‘ida madaniyat va muzey ishi, arxeologiya, restavratsiya va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik o‘rnatish masalasi muhokama qilindi. Vengriya tomoniga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati haqida ma’lumot berildi. Vengriya vakili ikki tomonlama aloqalarni, jumladan, O‘zbekiston muzeylari bilan maslahatlashuvlarni kengaytirishga tayyorligini bildirdi. Tomonlar O‘zbekiston va Vengriyaning ixtisoslashtirilgan muassasalari o‘rtasida madaniy almashinuvni yanada rivojlantirish va sheriklikni mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqlashdi.
https://oz.sputniknews.uz/20240530/uzbekistan-hungary-hujjat-arxiv-44140468.html
o‘zbekiston
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/1e/47750301_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_53f7a86569e559414d708e5adf64d1a5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, o‘zbekiston, vengriya, muzey, islom sivilizatsiyasi markazi
madaniyat, o‘zbekiston, vengriya, muzey, islom sivilizatsiyasi markazi
Vengriya Milliy muzeyi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik qilmoqchi
O‘zbekiston elchisi Vengriya Milliy muzeyi ijrochi direktori bilan uchrashdi.
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Vengriya Milliy muzeyi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik qilmoqchi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Milliy muzeyi ijrochi direktori Jigmond Gabor bilan uchrashdi. Muzokaralar chog‘ida madaniyat va muzey ishi, arxeologiya, restavratsiya va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik o‘rnatish masalasi muhokama qilindi.
Vengriya tomoniga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati haqida ma’lumot berildi. Vengriya vakili ikki tomonlama aloqalarni, jumladan, O‘zbekiston muzeylari bilan maslahatlashuvlarni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
"O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdormiz. Shuningdek, 2025-yil avgustidan 2026-yilning fevral oyigacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "O‘zbekiston madaniy merosi – butun insoniyat merosi" xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etishdan mamnun bo‘lar edik", – dedi Jigmond Gabor.
Tomonlar O‘zbekiston va Vengriyaning ixtisoslashtirilgan muassasalari o‘rtasida madaniy almashinuvni yanada rivojlantirish va sheriklikni mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqlashdi.