Markaziy Osiyo davlatlari Xitoy bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie vo vtorom sammite "Sentralnaya Aziya – Kitay" v gorode Astane.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie vo vtorom sammite Sentralnaya Aziya – Kitay v gorode Astane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2025
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo mamlakatlarining Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmi 100 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Ostonada bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammitida Ostona deklaratsiyasi va Abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Shuningdek, hukumatlararo va idoralararo hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o‘tgan tadbirda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Xitoy raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov qatnashdi.
Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlarining Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmi shu yilning o‘zida 100 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie vo vtorom sammite "Sentralnaya Aziya – Kitay" v gorode Astane.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie vo vtorom sammite Sentralnaya Aziya – Kitay v gorode Astane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2025
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie vo vtorom sammite "Sentralnaya Aziya – Kitay" v gorode Astane.
“Bizningcha, bir tomondan, ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik makoniga aylangan Markaziy Osiyoning o‘zidagi chuqur transformatsiya jarayonlari, boshqa tomondan, Xitoy rahbariyatining qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va “Belbog‘ va yo‘l” global konsepsiyasini ilgari surishga qat’iy sodiqligi ushbu formatdagi hamkorlikning rivojlanishiga imkon bermoqda”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, nizoli xalqaro masalalar va ziddiyatli muammolarni hal qilish uchun kuch ishlatish vositalaridan foydalanish o‘zini oqlamaydi. Barcha nizo va ziddiyatlar suverenitetni hurmat qilish, xalqaro huquq meyorlari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi asosida faqat diplomatik sa’y-harakatlar yo‘li bilan – muzokaralar stolida hal etilishi shart.
Yig‘ilishda davlat rahbarlari Ostona deklaratsiyasi va Abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolashdi. Shuningdek, Shuningdek, hukumatlararo va idoralararo hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Uzbekistana vistupil s initsiativami po rasshireniyu mnogostoronnego sotrudnichestva s KNR - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Uzbekistana vistupil s initsiativami po rasshireniyu mnogostoronnego sotrudnichestva s KNR - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Uzbekistana vistupil s initsiativami po rasshireniyu mnogostoronnego sotrudnichestva s KNR - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Uzbekistana vistupil s initsiativami po rasshireniyu mnogostoronnego sotrudnichestva s KNR - Sputnik O‘zbekiston
4/4
1/4
2/4
3/4
4/4
Shartnomani rivojlantirish maqsadida Uzoq muddatli sheriklik konsepsiyasini ishlab chiqish taklif etildi.
Qayd etilishicha, yangi iqtisodiy sheriklik dasturini tez fursatda qabul qilish hamda Bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hududlararo kengashni ta’sis etish bu boradagi amaliy qadam bo‘ladi.
O‘zbekiston tomoni kengashning birinchi yig‘ilishini shu yil oxirigacha o‘tkazishga tayyorligini bildirildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston tomoni quyidagilarni qayd etdi:
"Raqamli makon va yo‘l" doirasida "Raqamli Ipak yo‘li" ko‘p tomonlama savdo platformasini tashkil etish;
Toshkentda Sanoatda standartlashtirish va sertifikatlashtirish mintaqaviy markazini tashkil etish;
Texnologiyalar transferi bo‘yicha alohida "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish;
"Markaziy Osiyo - Xitoy" sanoat va infratuzilma makoni" uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish;
O‘zaro bog‘langan sanoat klasterlari, texnoparklar va logistika xablari tizimini yaratish.
Aytilishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy energetika tizimlarini o‘zaro bog‘lash, jumladan, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasini barpo etish megaloyihasini amalga oshirish masalalari ham diqqat bilan o‘rganilishi lozim.
“Bugungi kunda amalda bo‘lgan xalqaro mexanizmlar, hech shubhasiz, muhim rol o‘ynamoqda, ammo mintaqaning investitsiyaga bo‘lgan talabini to‘liq qoplay olmayapti. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, Markaziy Osiyoni infratuzilmaviy rivojlantirishda kapital qo‘yilmalar taqchilligi bir necha yuz milliard dollar deb baholanmoqda", — dedi O‘zbekiston yetakchisi.
Shu munosabat bilan infratuzilmaviy tashabbuslarni ilgari surish uchun samarali platforma bo‘la oladigan "Markaziy Osiyo - Xitoy" taraqqiyot fondini ta’sis etish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif qilindi.
Quyidagilar qayd etildi:
"Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" temir yo‘li qurilishi boshlangani Yevroosiyo makonidagi yangi transport va tranzit kommunikatsiyalari tizimining muhim elementi;
Transafg‘on temir yo‘l magistrali loyihasini amalga oshirish yanada keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
“Ushbu strategik soha istiqboliga oid umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish uchun transport idoralarimizga dala tadqiqotlarini olib borish, logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish imkoniyatlarini o‘rganish, muqobil yo‘laklar bo‘yicha yuklarni tashish borasida sinov tariqasidagi loyihalarini amalga oshirish uchun ekspertlar guruhlarini shakllantirish yuzasidan topshiriq berishimiz zarur, deb hisoblayman”, — dedi Mirziyoyev.
Davlat rahbari 2030-yilgacha mo‘ljallangan "Yashil" rivojlanish dasturini qabul qilishni jadallashtirish, shuningdek, cho‘llanishga qarshi kurashish, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, qurg‘oqchil va cho‘l hududlarida bioekologik barqarorlikni oshirish bo‘yicha muloqot va sheriklik uchun Ekologik alyansni tuzishga chaqirdi.
Quyidagilar taklif etildi:
Iqtisodiy hamkorlikning barqaror raqamli infratuzilmasini shakllantirish maqsadida katta ma’lumotlar bazalari va protsessing markazlarining O‘zaro integratsiyalashgan banklar tarmog‘ini yaratish;
Asosiy energetika va transport yo‘nalishlari bo‘ylab "Markaziy Osiyo - Xitoy" optik tolali aloqa liniyasining raqamli trassasini barpo etish.
“Xalqlarimizning bir-birining madaniyatini o‘zaro boyitish va yaqinlashishga bo‘lgan umumiy intilishi – bu bizning bebaho boyligimizdir. Bugun qabul qilinayotgan O‘zaro tashriflarni yengillashtirish bo‘yicha tashabbus va Madaniy-gumanitar tadbirlar dasturi aynan shu maqsadlarga qaratilgan, — dedi prezident.
Bu borada "Ipak yo‘li madaniy merosi" yagona raqamli portalini yaratish taklif qilindi. U Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoyning tarixiy-madaniy resurslarini o‘zida mujassam etgan, tadqiqotchilar, talabalar, sayyohlar va kreativ industriya vakillarini qamrab oladi.
Prezident terrorizm, ekstremizm, radikalizm, narkotrafik, noqonuniy migratsiya va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda maxsus xizmatlar va xavfsizlik kengashlari orqali ko‘p tomonlama axborot almashish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi.
“Biz uchun nafaqat qo‘shni, balki umumiy tarixiy-madaniy va iqtisodiy makonimizning ajralmas qismi bo‘lgan Afg‘oniston muammolariga xalqaro hamjamiyat e’tiborining pasayishi jiddiy tashvish uyg‘otmoqda”, — dedi O‘zbekiston yetakchisi.
O‘zbekiston prezidenti Afg‘onistonning tiklanishiga ko‘maklashish va uni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha yuqori darajadagi guruhni ta’sis etishni taklif qildi. Guruh uchrashuvini Termiz shahrida Afg‘oniston vakillari ishtirokida o‘tkazishga tayyorlik bildirildi.
Sammit yakunida kambag‘allikka qarshi, cho‘llanishga qarshi kurashish, ta’lim sohasidagi hamkorlik markazlari hamda to‘siqsiz savdo bo‘yicha hamkorlik platformasini ishga tushirish marosimi bo‘ldi.
Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2025
Matbuot markazi
Anons: "Markaziy Osiyo - Xitoy" sammiti yakunlari muhokama etiladi
Yangiliklar lentasi
0