https://oz.sputniknews.uz/20250617/uzbekistan-airways-azerbaijan-airlines-49967526.html
"Uzbekistan Airways" va "Azerbaijan Airlines" o‘rtasida bitim imzolandi - tafsilotlar
"Uzbekistan Airways" va "Azerbaijan Airlines" o‘rtasida bitim imzolandi - tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Endilikda sayohatchilar aviakompaniyalarning haftasiga mavjud 9 ta aviaqatnovidan eng qulayini tanlash imkoniyatiga ega. 17.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-17T13:24+0500
2025-06-17T13:24+0500
2025-06-17T13:24+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ozarbayjon
aviaparvozlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/11/49966246_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_e6e8f022b7bdd6aab75b6b2de20f491b.jpg
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. “Uzbekistan Airways” va “Azerbaijan Airlines” yo‘lovchilar uchun yangi imkoniyatlar taqdim etmoqda, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.“Uzbekistan Airways” Toshkentdagi bosh ofisida O‘zbekistonning flagman aviatashuvchisi va Ozarbayjonning milliy aviatashuvchisi – “Azerbaijan Airlines” (AZAL) aviakompaniyasi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida sayohat qilish uchun yangi ufqlarni ochadigan parvozlarni birgalikda amalga oshirish (code-share) to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.Qayd etilishicha, yangi hamkorlik tufayli yo‘lovchilarga Toshkentdan Bokuga va ortga qaytuvchi, shuningdek, Bokudan Toshkentga va ortga qaytuvchi yo‘nalishlar bo‘yicha sayohatlarni rejalashtirishda yanada ko‘proq moslashuvchanlik taqdim etiladi.Bundan tashqari, “Uzbekistan Airways” yo‘lovchilari “Azerbaijan Airlines” aviakompaniyasining Samarqand – Boku – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.Shuningdek, “Azerbaijan Airlines” aviakompaniyasi tijorat direktori Jamil Manizadening so‘zlariga ko‘ra, ushbu kelishuv Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi yaqin hamkorlik, turizmni rivojlantirish va do‘stlikni mustahkamlash yo‘lidagi qadamdir."Sode-share" kelishuvi – bu aviakompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik shakli bo‘lib, unda ular o‘z parvoz kodlari ostida hamkor aviaqatnovlariga chiptalarni sotish va yo‘lovchilarga yo‘nalishlar va tutashuvlarning kengroq tanlovini taqdim etish orqali birgalikda parvozlarni amalga oshirishadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/11/49966246_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_4c734b2ff1cb863969a9c85cb844f617.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, ozarbayjon, aviaparvozlar
jamiyat, o‘zbekiston, ozarbayjon, aviaparvozlar
"Uzbekistan Airways" va "Azerbaijan Airlines" o‘rtasida bitim imzolandi - tafsilotlar
Endilikda sayohatchilar aviakompaniyalarning haftasiga mavjud 9 ta aviaqatnovidan eng qulayini tanlash imkoniyatiga ega.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. “Uzbekistan Airways” va “Azerbaijan Airlines” yo‘lovchilar uchun yangi imkoniyatlar taqdim etmoqda, deya xabar berdi kompaniya
matbuot xizmati. “Uzbekistan Airways” Toshkentdagi bosh ofisida O‘zbekistonning flagman aviatashuvchisi va Ozarbayjonning milliy aviatashuvchisi – “Azerbaijan Airlines” (AZAL) aviakompaniyasi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida sayohat qilish uchun yangi ufqlarni ochadigan parvozlarni birgalikda amalga oshirish (code-share) to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Qayd etilishicha, yangi hamkorlik tufayli yo‘lovchilarga Toshkentdan Bokuga va ortga qaytuvchi, shuningdek, Bokudan Toshkentga va ortga qaytuvchi yo‘nalishlar bo‘yicha sayohatlarni rejalashtirishda yanada ko‘proq moslashuvchanlik taqdim etiladi.
“Endilikda sayohatchilar ikkala aviakompaniyaning haftasiga mavjud to‘qqizta aviaqatnovidan eng qulayini tanlash imkoniyatiga ega. Kelishuv tranzit yo‘lovchilarga tutashuvlarning keng tanlovini ham taqdim etib, Toshkent va Bokudagi xablar orqali xalqaro sayohatlar uchun yo‘nalishlarning qulayligi va ommabopligini oshiradi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Bundan tashqari, “Uzbekistan Airways” yo‘lovchilari “Azerbaijan Airlines” aviakompaniyasining Samarqand – Boku – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
“Har bir yangi kelishuv bilan biz shaharlarimiz va madaniyatlarimizni yaqinlashtirmoqdamiz. AZAL bilan "code-share" – bu nafaqat yo‘lovchilar uchun qulaylik, balki O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik va ochiqlik ramzi. Ishonchimiz komilki, bu hamkorlik sayohatlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi va xalqlarimizni yaqinlashtiradi”, — dedi “Uzbekistan Airways” Boshqaruv raisining tijorat va turizm bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Yadgarov.
Shuningdek, “Azerbaijan Airlines” aviakompaniyasi tijorat direktori Jamil Manizadening so‘zlariga ko‘ra, ushbu kelishuv Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi yaqin hamkorlik, turizmni rivojlantirish va do‘stlikni mustahkamlash yo‘lidagi qadamdir.
"Sode-share" kelishuvi – bu aviakompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik shakli bo‘lib, unda ular o‘z parvoz kodlari ostida hamkor aviaqatnovlariga chiptalarni sotish va yo‘lovchilarga yo‘nalishlar va tutashuvlarning kengroq tanlovini taqdim etish orqali birgalikda parvozlarni amalga oshirishadi.