Samarqand viloyatida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati ishga tushdi

© SputnikV Samarkandskoy oblasti zarabotali slujbi dnevnogo uxoda za detmi s invalidnostyu
V Samarkandskoy oblasti zarabotali slujbi dnevnogo uxoda za detmi s invalidnostyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Yaqin kunlarda bunday markazlar viloyatning barcha tumanlarida ochiladi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Samarqand viloyatida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati ishga tushdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
© SputnikV Samarkandskoy oblasti zarabotali slujbi dnevnogo uxoda za detmi s invalidnostyu
V Samarkandskoy oblasti zarabotali slujbi dnevnogo uxoda za detmi s invalidnostyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2025
V Samarkandskoy oblasti zarabotali slujbi dnevnogo uxoda za detmi s invalidnostyu
Nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari ko‘pincha kasbiy o‘sish, ta’lim olish va hatto oddiy ish bilan uydan chiqish imkoniyatidan voz kechishga majbur bo‘lishadi. Bolani parvarish qilish doimiy mavjudlik va to‘liq ishtirokni talab qiladi, bu esa oilalarni odatiy hayotda cheklaydi.
Quvonarlisi, joriy yilda mamlakatning 7 ta hududida tajriba tariqasida kunduzgi parvarish xizmati ochilmoqda. Samarqand ham shulardan biri.
© SputnikV Samarkandskoy oblasti zarabotali slujbi dnevnogo uxoda za detmi s invalidnostyu
V Samarkandskoy oblasti zarabotali slujbi dnevnogo uxoda za detmi s invalidnostyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2025
V Samarkandskoy oblasti zarabotali slujbi dnevnogo uxoda za detmi s invalidnostyu
Bugungi kunda viloyatda uchta ixtisoslashtirilgan markaz faoliyat ko‘rsatmoqda.

"Birinchi markaz Toyloq tumanidagi "Charog‘bon" mahalla fuqarolar yig‘inida, ikkinchisi Urgut tumanidagi Mustaqillik mahallasida, oxirgisi Samarqand shahrida ochildi”, — dedi Samarqand viloyati Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Sardor Luqmonov.

© SputnikV Samarkandskoy oblasti zarabotali slujbi dnevnogo uxoda za detmi s invalidnostyu
V Samarkandskoy oblasti zarabotali slujbi dnevnogo uxoda za detmi s invalidnostyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2025
V Samarkandskoy oblasti zarabotali slujbi dnevnogo uxoda za detmi s invalidnostyu
Markazlarda 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kompleks reabilitatsiya yordami ko‘rsatiladi: gidromassaj vannalari, davolovchi massaj, logoped, surdopedagog, defektolog bilan mashg‘ulotlar, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalariga o‘rgatish, mehnat va ippoterapiya.
Bundan tashqari, ushbu muassasalarda uch mahal ovqatlanish, dam olish xonalari, trenajorlar, rivojlantiruvchi stol va pol o‘yinlari mavjud.
Kunduzgi parvarish xizmatiga bolalar ota-onalar va "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari o‘rtasida tuzilgan ijtimoiy shartnoma hamda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi asosida qabul qilinadi.

“Bularning barchasi bolalarga qulay va xavfsiz muhitda reabilitatsiyadan o‘tishga yordam beradi" — deya qo‘shimcha qildi Luqmonov.

© SputnikV Samarkandskoy oblasti zarabotali slujbi dnevnogo uxoda za detmi s invalidnostyu
V Samarkandskoy oblasti zarabotali slujbi dnevnogo uxoda za detmi s invalidnostyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2025
V Samarkandskoy oblasti zarabotali slujbi dnevnogo uxoda za detmi s invalidnostyu
Ta’kidlash joizki, ixtisoslashtirilgan markazlar davlat-xususiy sheriklik asosida ochilmoqda.

"Bolalarning har bir kuni uchun tadbirkorga subsidiya ajratiladi, uning miqdori bolaning yoshiga qarab belgilanadi. Bundan tashqari, markazdan 3 km dan ortiq masofada yashovchi bolalar uchun transport xizmatlari tashkil etilganda BHMning 75 foizigacha kompensatsiya qilinadi", — deya ma’lum qildi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi.

Yaqin kunlarda bunday markazlar viloyatning barcha tumanlarida ochiladi.
Yangiliklar lentasi
0