https://oz.sputniknews.uz/20250617/moskva-davlat-universitet-professor-faxriy-unvon-49979197.html
O‘zbekistonda Moskva davlat universiteti professoriga “Faxriy professor” unvoni berildi
O‘zbekistonda Moskva davlat universiteti professoriga “Faxriy professor” unvoni berildi
Sputnik O‘zbekiston
Ushbu unvon olimning xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishda hissasi va ta’lim sohasidagi xizmatlari e’tirofi sifatida taqdim etildi. 17.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-17T18:21+0500
2025-06-17T18:21+0500
2025-06-17T18:21+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
ta’lim
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
unvon
moskva davlat universiteti (mgu)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/11/49979021_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_fa643c0e81111ca94849ac83a7390ec0.jpg
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti professori Vladimir Yakuninga “Faxriy professor” unvoni topshirildi, deya xabar berdi O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.Toshkent davlat transport universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Davlat siyosati kafedrasi mudiri, professor Vladimir Yakunin hamda muassasa rahabriyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Unda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.Aytilishicha, ikki nufuzli oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilishi, ilm-fan va ta’lim sohasida barqaror va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilishiga ishonch bildirildi.Vladimir Yakunin universitet faoliyati, ilmiy laboratoriyalar va ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250513/mifi-toshkent-filial-muhandislik-maktab-49339330.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/11/49979021_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_82c061f5acb5c548a0455249c3eec1d1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, ta’lim, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, unvon, moskva davlat universiteti (mgu)
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, ta’lim, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, unvon, moskva davlat universiteti (mgu)
O‘zbekistonda Moskva davlat universiteti professoriga “Faxriy professor” unvoni berildi
Ushbu unvon olimning xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishda hissasi va ta’lim sohasidagi xizmatlari e’tirofi sifatida taqdim etildi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti professori Vladimir Yakuninga “Faxriy professor” unvoni topshirildi, deya xabar berdi O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
matbuot xizmati. Toshkent davlat transport universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Davlat siyosati kafedrasi mudiri, professor Vladimir Yakunin hamda muassasa rahabriyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Unda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
“Uchrashuv doirasida professor Vladimir Yakuninga Toshkent davlat transport universitetining “Faxriy professori” unvoni tantanali ravishda topshirildi. Ushbu unvon olimning xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishda hissasi va ta’lim sohasidagi xizmatlari e’tirofi sifatida taqdim etildi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, ikki nufuzli oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilishi, ilm-fan va ta’lim sohasida barqaror va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilishiga ishonch bildirildi.
Vladimir Yakunin universitet faoliyati, ilmiy laboratoriyalar va ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.