Chilonzor tumanida 160 megavattli yangi podstansiya quriladi
10:12 17.06.2025 (yangilandi: 10:36 17.06.2025)
© Unsplash/Sam LaRussaElektricheskaya podstansiya. Arxivnoe foto

Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Toshkentdagi qurilish va transport loyihalari bilan tanishdi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 160 megavattli yangi podstansiya qurilishi rejalashtirilgan, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda rejalashtirilgan qurilish va jamoat transporti loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPredstavleni proyekti v sfere stroitelstva i transporta

Predstavleni proyekti v sfere stroitelstva i transporta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Qayd etilishicha, poytaxtda loyihalashtirilayotgan ko‘p qavatli binolarning xavfsizlik talablariga mosligi qayta o‘rganib chiqilgan.
“O‘zGAShKLITI”, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, sanitariya-epidemiologiya kabi 10 taga yaqin tashkilotning ilmiy-texnik xulosalari olingan.
Yangi talabga ko‘ra, ko‘p qavatli binolarning zilzilaga bardoshliligi 9 balldan kam bo‘lmaydi. Har bir shunday loyiha bo‘yicha yig‘ma xulosalar qilinadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPredstavleni proyekti v sfere stroitelstva i transporta

Predstavleni proyekti v sfere stroitelstva i transporta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Quyidagilar ma’lum qilindi:
Chilonzor tumanida 160 megavattli yangi podstansiya qurilishi rejalashtirilgan.
Ushbu tumanda 20 ming metr kub sig‘imga ega suv rezervuari barpo etilishi mo‘ljallangan. Natijada Shayxontoxur, Chilonzor va Uchtepa tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti uzluksizligi ta’minlanadi. Kuniga qariyb 8 ming kilovatt soat elektr tejaladi.
"Central Asian Expo Uzbekistan – CAEx" majmuasi. Xalqaro anjumanlar doirasida turli uchrashuvlar ham o‘tkazilishini inobatga olib, bu yerda muzokara zallari qurilishi ko‘zda tutilgan.
Metropolitenni Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda Chilonzor yo‘lining Pushkin bekatidan Toshkent halqa yo‘ligacha yer yuzasi bo‘ylab metro yo‘li quriladi. Ikkinchi bosqichda u yerdan Toshkent traktor zavodi dahasining shoh bekatigacha yerosti yo‘li barpo etiladi.
Transportlar harakatiga qulaylik yaratish maqsadida mazkur temir yo‘lni Toshkent halqa yo‘li ostidan o‘tkazish nazarda tutilmoqda.
Yerosti yo‘nalishi ham ko‘chadagi harakatni to‘xtatmagan holda quriladi. Bu yangi metro yo‘li 85 ming yo‘lovchini qamrab olishi kutilmoqda.
“Bu sohadagi yana bir istiqbolli loyiha – Yangi Toshkent shahriga metro yo‘li. U hozirgi “Do‘stlik” metro bekatidan boshlanib, yangi markazgacha boradi. Uzunligi 21 kilometr, 9 ta bekatdan iborat bo‘lishi kutilayotgan bu metro kuniga 230 minggacha yo‘lovchilarni qamrab ololadi”, — deyiladi xabarda.
Taqdimotda ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy jihatlari ko‘rib chiqildi.