Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi tugatilmoqda

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Senat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Tashkent. Senat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2025
Obuna bo‘lish
Endi ijro intizomiga Hisob palatasi mas’ul bo‘ladi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi tugatilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
Yig‘ilishda Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
"Nazorat inspeksiyasiga nima uchun shuncha vakolat berilgan? Vazirlarga yaxshi ko‘rinish uchun, ular nimani bersa, shuni ko‘tarib kelmasdan, masalalarni o‘rganib, aybdorlarni jazolash bo‘yicha nega taklif kiritmaydi?", — dedi davlat rahbari.
Aytilishicha, faoliyatidagi kamchilik va muammolarni hisobga olib, Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasini bugunning o‘zida tugatishga qaror qilindi.
Shu bois ijro intizomini mustahkamlash, aholi muammolari bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilishi belgilandi.
Bundan buyon ijro intizomiga Hisob palatasi mas’ul bo‘ladi, uning vakolatlari kengaytiriladi.
Quyidagilar ma’lum qilindi:
Endilikda Hisob palatasi qarorlar bilan berilgan mablag‘larni faqatgina to‘g‘ri sarflanishini emas, balki nima samara berganini, aholi bundan qanchalik rozi bo‘lganini ham o‘rganadi.
Palata raisi har bir qaror ijrosi natijadorligini tahlil qilib, zaif nuqtalar, “aravasini tortmayotgan” rahbarlar va ishlamayotgan tizimlar bo‘yicha o‘z taklifini har oyda prezidentga kiritadi.
Hisob palatasiga bir oy ichida Toshkent shahrida o‘zini oqlagan “Xalq nazorati” elektron portalini butun respublikada ishga tushirish topshirildi.
Ushbu portal orqali aholi qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma muammolarini suratga olib va aniq manzilini ko‘rsatgan holda mobil ilova orqali yuboradi.
Masalaning yechimi ham fotosurat bilan tasdiqlanadi. Ularning qanchalik tez va sifatli hal etilishiga qarab, hokimlar faoliyati kunlik baholab boriladi.
Bu tizim murojaatlarning yagona platformasi bo‘ladi va unga barcha vazirlik, idora, hokimliklar ulanadi.
Yangiliklar lentasi
0