Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Minskdagi Yevroosiyo forumida xalqaro maydondagi eng muhim mavzu muhokama etiladi

© Sputnik / Aleksey MayshevOdin iz samix masshtabnix proyektov stran YeAES naxoditsya na zavershayushey stadii
Odin iz samix masshtabnix proyektov stran YeAES naxoditsya na zavershayushey stadii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2025
Obuna bo‘lish
Forumda YeOII oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi masalasi ham muhokma etiladi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. IV Yevroosiyo iqtisodiy forumida texnik jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilinadi, deb xabar beradi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining texnik tartibga solish bloki tomonidan forum doirasida to‘rtta tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan, dedi YeIK texnik tartibga solish vaziri Valentin Tatariskiy.
"Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi Yevroosiyo integratsiyasi: 2025-yilgi strategiyadan 2030-yilgi deklaratsiyagacha" mavzusidagi panel sessiyasi shular jumlasidan.
Muhokamalar oziq-ovqat xavfsizligi atrofida ham davom etadi.
"Hozir xalqaro maydonda muhokama qilinayotgan eng muhim mavzu - oziq-ovqat xavfsizligi. Ushbu mavzuga oid savollarni "YeOII oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi aholi farovonligining kafolati sifatida" mavzusidagi forum sessiyasi doirasida muhokama qilamiz. Bu yerda kompleks tartibga solish, yondashuvlar, ustuvorliklar ko‘rib chiqiladi", — dedi Tatariskiy.
Ittifoq mamlakatlarining standartlashtirish bo‘yicha milliy organlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida YeOIIda standartlashtirish sohasini rivojlantirishning tizimli masalalari, shuningdek, kengashning 2027-yilgacha bo‘lgan istiqbolli ish rejasi muhokama qilinadi.
Shuningdek, akkreditatsiya organlari rahbarlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
"YeOIIga a’zo davlatlarning akkreditatsiya organlari rahbarlari kengashi yig‘ilishi ishtirokchilari bir qator dolzarb masalalarni muhokama qiladi. Birinchi navbatda, akkreditatsiya organlari tomonidan o‘zaro qiyosiy baholash qanday amalga oshirilayotgani", — deya qo‘shimcha qildi vazir.
Ma’lumot uchun, 26-27 iyun kunlari Minsk shahrida V Yevroosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi. Forumning asosiy mavzusi - "Yevrosiyo iqtisodiy integratsiyasi strategiyasi: natijalar va istiqbollar."
YeAES-2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2025
O‘zbekiston va YeOII
Minskda YeOIIda bojxona hamkorligining muhim jihatlari muhokama qilinadi
Yangiliklar lentasi
0