Toshkent qalbidagi Abulqosim madrasasi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston poytaxti markazida, Oliy Majlis binosi yonida me’moriy yodgorlik — Abulqosim shayx madrasasi joylashgan. Bu nafaqat diniy inshoot, balki xalq hunarmandchiligi va ma’naviyati markazi bo‘lib, toshkentlik buyuk eshon — Abulqosimxon hayoti va jasorati bilan uzviy bog‘liq.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik, Bahrom Hatamov. XIX asrda qurilgan madrasa avvaldan masjid va hammomni o‘z ichiga olgan majmua tarkibida bo‘lgan. 1864-yili ta’mirlash ishlari chog‘ida binoga ikkinchi qavat qo‘shilgan. Vaqt va sinovlarga qaramay, madrasa saqlanib qolgan va hozirda davlat muhofazasidagi tarixiy yodgorliklar ro‘yxatiga kiritilgan.
Bugungi kunda madrasa yonida Oliy Majlis binosi qad rostlagan bo‘lsa-da, madrasa devorlari hanuzgacha qadimiylik va sukut muhitini saqlab kelmoqda. Qur’oni Karim oyatlari va she’riy baytlar bilan bezatilgan hujralarda hozirda xalq hunarmandlari faoliyat yuritmoqda — ular orasida xalqaro ko‘rgazmalar ishtirokchilari va taniqli rassomlar ham bor.
An’analar tiklangan makon
Bugun madrasadagi yigirma hujrada O‘zbekiston badiiy akademiyasi hunarmandlari ish olib bormoqda. Bu yerda nafaqat hunar, balki milliy an’analar, ustoz-shogird tizimi ham yuksak darajada qayta tiklangan.
Madrasa hovlisida doim gavjumlik. O‘quvchilar, talabalar, poytaxt mehmonlari va turistlar bu yerga kelib, miniaturalar va noyob hunarmandlik ishlarini hayrat bilan tomosha qilishadi.
Muqaddas yodgorlik va uning she’riy xabari
2002 yilda tiklangan ibodatxona tepa qismida tojik tilidagi arab kalligrafiyasida yozilgan to‘rt satri saqlanib qolgan. Unda madrasada Rasululloh (s.a.v.)ning muqaddas mo‘ylari saqlanishi bayon qilinadi. Shu she’rda madrasa qurilgan yil sanasi shifrlangan.
Abulqosimxon — xalqning ma’naviy yetakchisi
Madrasa asoschisi Abulqosimxon eshon Toshkent va uning atrofida yuksak hurmatga sazovor bo‘lgan. U faqat qurilish bilan emas, balki kitob muqovasini tayyorlash bilan ham shug‘ullangan va topgan daromadini madrasa ehtiyojlari uchun sarflagan.
1892 yildagi “Vabo qo‘zg‘oloni” paytida u xalq manfaatini himoya qilib, shariat talablarini tushuntirgan va gubernatorni qaroridan voz kechtirgan. Uning aql-zakovati tufayli jiddiy jazolardan omon qolingan.
Rivoyatlarga ko‘ra, Abulqosimxon epidemiya avjiga chiqqan paytda bu baloni o‘z zimmasiga olib, ko‘p o‘tmay 1892-yil 4-iyulda vafot etgan. Ertasi kuni vabo chekingan.
Bugun madrasa faqat o‘tmish yodgorligi emas — u milliy ruh, hunar va madaniyatning tirik ramzi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
1/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
2/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
3/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
4/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
5/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
6/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
7/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
8/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
9/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
10/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
11/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
12/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
13/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
14/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
15/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
16/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
17/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Medrese Abulkasim Sheyxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
18/18
Yangiliklar lentasi
0