Uchinchi partiya: Misr O‘zbekistonga "S" gepatitiga qarshi dori vositalari berdi

© IA "Dunyo"V Uzbekistan iz Yegipta dostavili ocherednuyu partiyu protivogepatitnix preparatov
V Uzbekistan iz Yegipta dostavili ocherednuyu partiyu protivogepatitnix preparatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2025
Obuna bo‘lish
Mazkur dori vositalari Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga taqdim etiladi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Misr hukumati tomonidan beg‘araz taqdim etilgan "S" gepatitiga qarshi dori vositalarining uchinchi partiyasi O‘zbekistonga yetkazib berildi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Umumiy qiymati 114,829 ming dollar bo‘lgan 28 dona qutidagi 7440 dona "S" gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining bu yildagi uchinchi partiyasi Sharm ash-Shayxdan Toshkentga "UzAirways" aviakompaniyasi ko‘magida olib kelindi.
Mazkur dori vositalari Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga taqdim etiladi va ular shifotalab bemorlar o‘rtasida taqsimlanadi.
O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Misr hukumati tomonidan 2023-2024 yillar davomida ushbu virusiga qarshi vazni 12,4 tonna bo‘lgan "Daclatasvir" va "Sofosbuvir" dori vositalarining 27 ta partiyasi mamlakatga yetkazib berilgan. Mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 1,4 million dollarni tashkil etadi.
Misrdan "S" gepatiti kasalligiga qarshi dori vositalari olib kelindi
Misrdan "S" gepatitiga qarshi dori vositalarining ikkinchi partiyasi olib kelindi
Yangiliklar lentasi
0