https://oz.sputniknews.uz/20250615/chelyabinsk-ozbekiston-talim-muassasa-filiall-49937364.html
Chelyabinsk viloyatiga O‘zbekistonda ta’lim muassasalarining filiallarini ochish taklif etildi
Chelyabinsk viloyatiga O‘zbekistonda ta’lim muassasalarining filiallarini ochish taklif etildi
Sputnik O‘zbekiston
Chelyabinsk viloyati O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash bo‘yicha Moskvadan keyin ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan. 15.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-15T14:22+0500
2025-06-15T14:22+0500
2025-06-15T14:22+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
chelyabinsk viloyati
otm
turizm
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/1d/31804558_0:160:3077:1890_1920x0_80_0_0_0671fe97e60ba7ea312b73e80d575181.jpg
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Chelyabinsk viloyatiga oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining respublika viloyatlarida filiallarini ochishni taklif qildi. Bu haqda “Dunyo” AA ma’lum qildi.O‘zbekiston bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Janubiy Ural Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, ta’lim va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan maxsus tadbir tashkil etildi.Unda Chelyabinsk viloyatining qurilish materiallari, oziq-ovqat va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, turizm, mehmonxona biznesi, logistika sohalarida faoliyat yuritayotgan korxonalar hamda hududdagi oliy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.Janubiy Ural Savdo-sanoat palatasi prezidenti Fedor Degtarevning aytishicha, ayni paytda Chelyabinsk viloyati O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash bo‘yicha Moskvadan keyin ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan.Bosh konsul Jahongir Parmonov o‘z so‘zida, ishtirokchilarga O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun yaratilgan sarmoyaviy salohiyat va shart-sharoitlar, respublikadagi erkin iqtisodiy hududlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.Shuningdek, ta’lim muassasalari vakillari bilan V2V shaklidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston tomoni Chelyabinsk viloyatida joylashgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining respublika viloyatlarida filiallarini ochish, muhandislik, IT-texnologiyalar, tibbiyot va boshqa sohalarda mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni ishlab chiqishni taklif qildi.Tadbir doirasi O‘zbekiston turizmi imkoniyatlariga bag‘ishlagan stend tashkil qildi.
o‘zbekiston
chelyabinsk viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/1d/31804558_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_bf87cdb324503543e9d6fa6113dcb2ae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, chelyabinsk viloyati, otm, turizm, hamkorlik
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, chelyabinsk viloyati, otm, turizm, hamkorlik
Chelyabinsk viloyatiga O‘zbekistonda ta’lim muassasalarining filiallarini ochish taklif etildi
Chelyabinsk viloyati O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash bo‘yicha Moskvadan keyin ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Chelyabinsk viloyatiga oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining respublika viloyatlarida filiallarini ochishni taklif qildi. Bu haqda “Dunyo” AA
ma’lum qildi. O‘zbekiston bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Janubiy Ural Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, ta’lim va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan maxsus tadbir tashkil etildi.
Unda Chelyabinsk viloyatining qurilish materiallari, oziq-ovqat va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, turizm, mehmonxona biznesi, logistika sohalarida faoliyat yuritayotgan korxonalar hamda hududdagi oliy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Janubiy Ural Savdo-sanoat palatasi prezidenti Fedor Degtarevning aytishicha, ayni paytda Chelyabinsk viloyati O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash bo‘yicha Moskvadan keyin ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan.
Bosh konsul Jahongir Parmonov o‘z so‘zida, ishtirokchilarga O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun yaratilgan sarmoyaviy salohiyat va shart-sharoitlar, respublikadagi erkin iqtisodiy hududlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Shuningdek, ta’lim muassasalari vakillari bilan V2V shaklidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston tomoni Chelyabinsk viloyatida joylashgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining respublika viloyatlarida filiallarini ochish, muhandislik, IT-texnologiyalar, tibbiyot va boshqa sohalarda mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni ishlab chiqishni taklif qildi.
Tadbir doirasi O‘zbekiston turizmi imkoniyatlariga bag‘ishlagan stend tashkil qildi.