Toshkent xalqaro investitsiya forumida 30,5 mlrd dollarlik hujjatlar imzolandi

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki UzbekistanS 9 po 12-iyunya tekushego goda v razlichnix lokatsiyax proshel Tashkentskiy Mejdunarodniy investitsionniy forum.
S 9 po 12-iyunya tekushego goda v razlichnix lokatsiyax proshel Tashkentskiy Mejdunarodniy investitsionniy forum.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2025
Obuna bo‘lish
Bu yilgi forum 8 mingdan ortiq ishtirokchini jalb qildi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Toshkent xalqaro investitsiya forumida umumiy qiymati 30,5 milliard dollarlik investitsiya kelishuvlari va savdo shartnomalari imzolandi, deya xabar berdi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
Poytaxtda 9-12 iyun kunlari turli manzillarda Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi forum 8 mingdan ortiq ishtirokchini, jumladan, 97 mamlakatdan 3 mingga yaqin xorijiy mehmonni jalb qildi.
TXIF-2025 doirasida dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan 150 dan ortiq nufuzli spikerlar — investorlar, iqtisodiy ekspertlar va rasmiylar ishtirokida 36 ta panel sessiyalari bo‘lib o‘tdi.
Forumda O‘zbekistonning sanoat salohiyatini aks ettiruvchi keng ko‘lamli sanoat ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi. Ko‘rgazmaga har kuni 2 000 dan ortiq kishi tashrif buyurdi, uning maydonlarida B2B va B2G formatlarida 500 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazildi.
“Forum doirasida umumiy qiymati 30,5 milliard dollarlik investitsiya kelishuvlari va savdo shartnomalari imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratovning qayd etishicha, ushbu muhim voqealarning barchasi yetakchi xalqaro investorlarni, davlat organlari, moliya institutlari va ishbilarmon doiralar vakillarini birlashtirdi.
"Biz kelgusi yilda Toshkentda yangi g‘oyalar, ilg‘or tashabbus va innovatsion formatlar bilan yana bir bor uchrashishni intiqlik bilan kutib qolamiz", — dedi Laziz Kudratov.
Forumga oid xabarlar:
O‘zbekistonda Ozarbayjonning savdo vakolatxonasi ochiladi
Istanbulda bo‘layotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qo‘llab-quvvatlaymiz — Mirziyoyev
Mirziyoyev va Putin hududlar bo‘yicha hamkorlikni juda qat’iy nazoratga olgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston Rossiyani noyob metallar bo‘yicha 1,6 mlrd dollarlik loyihalarga jalb qildi
O‘zbekiston sun’iy intellekt sohasida 100 mingta yangi ish o‘rni yaratadi — tafsilotlar
Qoraqalpog‘iston "yashil" energetika, ishlab chiqarish va turizm markaziga aylanadi
Saida Mirziyoyeva investorlarni Qoraqalpog‘istondagi imkoniyatlarni baholashga chaqirdi
Juda qattiq talablar bilan iqtisodiyotning kulrang zonalari o‘sa boshlaydi — Reshetnikov
"Yandeks" O‘zbekistonda haydovchisiz transportni yo‘lga qo‘ymoqchi
Yangiliklar lentasi
0