Rossiyadagi oltin qazib oluvchi konsern o‘zbekistonliklarni ishga taklif etmoqda

© Sputnik / Aleksandr KrajevKedrovskiy ugolniy razrez
Kedrovskiy ugolniy razrez - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2025
Obuna bo‘lish
Konsernga mashinistlar, haydovchilar, mexaniklar va boshqa mutaxassislar kerakligi aytildi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Rossiyaning “Arbat” konserni O‘zbekistondan qo‘shimcha ishchi kuchini jalb qilmoqchi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
O‘zbekiston Bosh konsulligi xodimlari Rossiyaning Magadan viloyatiga amaliy tashrifi chog‘ida “Arbat” konserni Kuzatuv kengashi raisi Aleksandr Basanskiy bilan muzokaralar o‘tkazdi.
"Arbat" konserni Magadan viloyatidagi 11 ta maydonda oltin qazib olish bilan shug‘ullanadi. Ma’lum qilinishicha, korxonada hozirda 900 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi ishlaydi.
Uchrashuvda O‘zbekistondan qo‘shimcha ishchi kuchini jalb qilish imkoniyati qayd etildi.
“Ayni paytda konsernga malakali mashinistlar, haydovchilar, mexaniklar va boshqa mutaxassislar kerak. Ushbu toifadagi ishchilar uchun munosib ish haqi belgilangan, ular bepul uy-joy va kuniga uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi", — dedi Aleksandr Basanskiy.
O‘z navbatida, Bosh konsullik xodimlari bu borada har tomonlama yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha “Arbat” konserniga mutaxassislarni qonuniy asosda jalb etish masalalarini muhokama qilish uchun O‘zbekiston Migratsiya agentligi vakillari bilan muzokaralar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0