O‘zbekistonda YPX xodimlari dronlardan qanday foydalanmoqda?

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning o‘tgan davrida O‘zbekistonda 855 918 ta qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar aniqlangan.
Aniqlangan qoidabuzarliklarning 125 569 tasi qarama qarshi bo‘lakda harakatlanish, 209 374 tasi esa, tegishli hujjatlarsiz avtomashina boshqarish holatlarini tashkil etgan.
Shuningdek, 13701 nafar mast holda avtomashina boshqargan haydovchi BHMning 40 baravari miqdorida jarimaga tortilib, ularning har biri 3-yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum etildi.
Qolaversa, 155 ta “yo‘l bezorilari” huquqbuzarligini sodir etganlarga ham haydovchilik huquqidan mahrum etish jazolari qo‘llanilgan.
Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati so‘nggi turdagi texnika va dronlar bilan ta’minlanmoqda. Xizmat xodimi Dilnoza Rajabovaning so‘zlariga ko‘ra, yangi joriy qilingan dronlardan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan joy haqida tezkor ma’lumot olish va tirbandlikni aniqlash maqsadida foydalanilmoqda.

“Ushbu dron qoidabuzarliklarni aniqlamaydi, balki yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan joy haqida tezkor ma’lumot olish va tirbandlikni aniqlash maqsadida foydalaniladi. Hozirda ushbu qurilmalardan Toshkent shahrida sinov tariqasida foydalanyapmiz”, —dedi Rajabova.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda YXX xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar sababli fuqarolar e’tirozini keltirib chiqargan ma’muriy materiallarni ko‘rib chiqish jarayoni sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinmoqda. Ushbu tizimda qurilmalardan kelib tushgan hodisalar "Yashil", "Sariq", "Qizil" toifalarga ajratilib, avtomatik qarorlar shakllanadi.
Bundan tashqari, bolalar orasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va qoidalarni o‘rgatish maqsadida 5 mingdan ortiq maktablarda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish xonalari, qariyb 4 mingta bog‘chada yo‘l harakati maydonchalari tashkil etilgan.
Shuningdek, 1000 dan ortiq maktablar oldida "qavariq" piyodalar o‘tish joylari va sun’iy notekisliklar tashkil etilgan.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0