O‘zbekiston davlat sport akademiyasi o‘z faoliyatini boshladi

© Gosudarstvennaya akademiya sporta Uzbekistana Gosudarstvennaya akademiya sporta Uzbekistana nachala svoyu deyatelnost
Gosudarstvennaya akademiya sporta Uzbekistana nachala svoyu deyatelnost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2025
Obuna bo‘lish
Akademiya 2025/2026 yilda o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjat qabul qilishni boshlaydi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekiston davlat sport akademiyasi o‘z faoliyatini boshladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, Akademiya 2025/2026 yilda o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjat qabul qilishni boshlaydi. Maskur ta’lim muassasasi davlat oliy ta’lim muassasasi maqomiga ega.
“Talabalarni qabul qilish parametrlari Respublikadagi boshqa oliy ta’lim muassasalari uchun belgilagan davlat buyurtmasi doirasida amalga oshiriladi. Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining bitiruvchilari to‘g‘ridan to‘g‘ri ikkinchi bosqichga qabul qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Akademiya talabalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq o‘tkaziladigan respublika musobaqalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning may oyida prezident imzolagan tegishli qarorga ko‘ra, Oliy sport mahorati instituti negizida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etildi.
Yangiliklar lentasi
0