"Yevroosiyo-Kinofest" yopilish marosimi — video

Obuna bo‘lish
Xalqaro festivalning yopilish marosimi Yozgi teatrda bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Sochida kino sanoati va kino biznesi odamlari va hamjamiyatlarini birlashtiruvchi xalqaro festival - "Yevroosiyo-Kinofest" yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Festival maqsadi — tomoshabinlarda o‘z mamlakati tarixiga, an’anaviy va madaniy qadriyatlariga qiziqish uyg‘otish, ma’naviyati va ijodi yuksak darajada bo‘lmagan iste’dodli kinoijodkorlarni aniqlash va ularni professional qo‘llab-quvvatlash.

6 iyundan 13-iyunga qadar bo‘lib o‘tadgan tadbirda 25 davlat kinoijodkorlari o‘zaro muloqot qildi, eng yaxshi filmlar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ular orasida Rossiya, Armaniston, Belarus, Gruziya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Moldova, O‘zbekiston, Tojikiston va Ozarbayjondan, Turkmaniston, Pokiston, Keniya, Germaniya, Turkiya, JAR, Shveysariya, Mo‘g‘uliston, Braziliya, Fransiya, Ispaniya va Serbiya bor.
Xalqro hay’at a’zolari taqdim etilgan kartinalarni 14 ta nominatsiya bo‘yicha baholashadi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning 17-21 oktabr kunlari Moskvada "Yevroosiyo-Kinofest" I xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Kinofestivalga 10 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi.
Yangiliklar lentasi
0