https://oz.sputniknews.uz/20250612/timur-kapadze-ozbekiston-milliy-terma-jamoa-murabbiy-49878902.html
Timur Kapadze: O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi haqida 5 ta fakt
Timur Kapadze: O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi haqida 5 ta fakt
Sputnik O‘zbekiston
Timur Kapadze — zamonaviy O‘zbekiston futbolidagi muhim shaxs. U 11 karra mamlakat chempioni, Qozog‘iston chempioni ham bo‘lgan.
2025-06-12T18:00+0500
2025-06-12T18:00+0500
2025-06-12T18:00+0500
sport
o‘zbekiston
futbol
timur kapadze
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/17/47659975_0:0:1106:622_1920x0_80_0_0_6fbe5d58f50303edcb1b57b43061c377.jpg
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Timur Kapadze — zamonaviy O‘zbekiston futbolidagi muhim shaxs. U 11 karra mamlakat chempioni, Qozog‘iston chempioni ham bo‘lgan.Uning shogirdlari jamoasi BAA bilan 0:0 hisobida durang o‘ynab, muddatidan oldin JCh-2026 finaliga chiqqanidan so‘ng, butun O‘zbekiston u haqida gapira boshladi. Bu yutuq nafaqat respublika uchun tarixiy voqea bo‘ldi, balki Kapadzega xorij ham e’tibor qaratdi. Sputnik O‘zbekiston bosh murabbiy va mamlakatning sovrindor futbolchilaridan biri haqida 5 ta qiziqarli faktni e’tiboringiga taqdim etadi.Sport, oila shiori sifatidaTimur Kapadze sportchi oilasida tug‘ilgan. Uning otasi - Tohir Kapadze yoshligida futbolchi bo‘lgan, keyinchalik murabbiylik faoliyatini boshlagan, mamlakatning turli klublarida, keyin esa O‘zbekiston futbol federatsiyasida ishlagan. Temurning akalari - Denis va Kamranbey ham futbolchi. Temurning o‘zi ham bolaligidan ona yurti Farg‘onada futbol bilan shug‘ullangan. Farg‘onaning "Neftchi" klubi tarkibida professional faoliyatini boshlagan.Rekordchi"Neftchi"dan keyin Kapadze Toshkentning "Paxtakor" jamoasida o‘ynab, 152 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol urgan. Keyin "Bunyodkor"ga o‘tdi, u bilan uch marta respublika chempioni bo‘ldi, ikki marta O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi, bir marta O‘zbekiston kubogining kumush medallarini qo‘lga kiritdi.Mamlakat terma jamoasida Kapadze 2002-yildan 2015-yilgacha o‘ynagan. Bu vaqt ichida u 119 ta o‘yin o‘tkazdi, eng yaxshi himoyachi va o‘yinlar soni bo‘yicha rekordchi bo‘ldi. Faqat Server Jeparov 2017-yilda uni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.Kapadze Janubiy Koreya ("Inchxon Yunayted"), BAA ("Sharja") va Qozog‘iston ("Aktobe") futbol klublarida ham o‘ynagan. Ma’lumot uchun, u "Aktobe" tarkibida ushbu mamlakat chempioni bo‘lgan. Kapadze o‘ynagan so‘nggi klub "Lokomotiv" bo‘ldi. Bu yerda u 2017-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.Muvaffaqiyatga undovchi murabbiyKapadze 2018-yilda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bir yil o‘tgach, u mamlakat yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi va jamoani 2023-yilgi U-20 Jahon chempionatiga olib chiqdi. Bu respublika yoshlar futboli tarixidagi muhim voqealardan biridir. Shuningdek, Kapadze poytaxtning "Olimpik" futbol klubini boshqarib, uni Oliy Liga - O‘zbekiston Superligasiga olib chiqdi.Kapadze 2019-yildan buyon besh yil davomida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini boshqargan. 2024-yilda o‘zbek futboli tarixida ilk bor Timur Kapadze mamlakat olimpiya terma jamoasini Olimpiya o‘yinlariga olib chiqdi.2025 yilning yanvar oyida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Timur Kapadze terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e’lon qildi.Murabbiylik faoliyatida hech kimni ajratib ko‘rsatmaslikdek muhim tamoyilga amal qiladi. Uning fikricha, raqobat futboldagi eng yaxshi narsa, chunki aynan u sportchilarni rivojlanishga va yaxshiroq o‘ynashga undaydi."Men hammaga bir xil munosabatdaman", — deb bir necha bor ta’kidlagan murabbiy.Bolalarga bo‘lgan muhabbatKapadze turmush o‘rtog‘i Gulmira Kapadze va umuman oilasi haqida kam gapirishiga qaramay, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ular bilan tushgan suratlari bilan bo‘lishadi."Mening oilam, mening farzandlarim — kulishim, jilmayishim, uyg‘onishim sababchisi. O‘ynash va baxtli bo‘lish uchun bolaga bizning muhabbatimiz va u bilan nimadir qilishga tayyorligimiz yetarli", — deb yozadi u.Prezident qo‘lidan birinchi mukofot emas10 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qatarga qarshi o‘yinidan so‘ng prezidentning shaxsan o‘zi terma jamoa futbolchilari va murabbiylariga yuksak mukofotlarni topshirdi."O‘zbekiston iftixori" faxriy unvoni Temur Kapadze uchun davlat rahbari qo‘lidagi birinchi mukofot emas. U 2022-yilda futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi va "Olimpik" futbol klubi bosh murabbiyi sifatida "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan."Biz Vatanimiz sharafi va bayrog‘imizni doimo himoya qilishga, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish uchun bor kuchimizni ishga solishga va’da beramiz", — deya ta’kidlagandi Kapadze.U bu maqsadlarga erishish uchun olg‘a bormoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20220708/timur-kapadze---fargona-shevasida-sozlovchi-murabbiy-26045479.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/17/47659975_0:0:1106:830_1920x0_80_0_0_8f921359df52e7f351ffa1d478941864.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
timur kapadze o‘zbekiston futbol
timur kapadze o‘zbekiston futbol
Timur Kapadze: O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi haqida 5 ta fakt
Uning shogirdlari jamoasi BAA bilan 0:0 hisobida durang o‘ynab, muddatidan oldin JCh-2026 finaliga chiqqanidan so‘ng, butun respublika Kapadze haqida gapira boshladi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Timur Kapadze — zamonaviy O‘zbekiston futbolidagi muhim shaxs. U 11 karra mamlakat chempioni, Qozog‘iston chempioni ham bo‘lgan.
Uning shogirdlari jamoasi BAA bilan 0:0 hisobida durang o‘ynab, muddatidan oldin JCh-2026 finaliga chiqqanidan so‘ng, butun O‘zbekiston u haqida gapira boshladi. Bu yutuq nafaqat respublika uchun tarixiy voqea bo‘ldi, balki Kapadzega xorij ham e’tibor qaratdi. Sputnik O‘zbekiston bosh murabbiy va mamlakatning sovrindor futbolchilaridan biri haqida 5 ta qiziqarli faktni e’tiboringiga taqdim etadi.
Sport, oila shiori sifatida
Timur Kapadze sportchi oilasida tug‘ilgan. Uning otasi - Tohir Kapadze yoshligida futbolchi bo‘lgan, keyinchalik murabbiylik faoliyatini boshlagan, mamlakatning turli klublarida, keyin esa O‘zbekiston futbol federatsiyasida ishlagan. Temurning akalari - Denis va Kamranbey ham futbolchi. Temurning o‘zi ham bolaligidan ona yurti Farg‘onada futbol bilan shug‘ullangan. Farg‘onaning "Neftchi" klubi tarkibida professional faoliyatini boshlagan.
"Neftchi"dan keyin Kapadze Toshkentning "Paxtakor" jamoasida o‘ynab, 152 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol urgan. Keyin "Bunyodkor"ga o‘tdi, u bilan uch marta respublika chempioni bo‘ldi, ikki marta O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi, bir marta O‘zbekiston kubogining kumush medallarini qo‘lga kiritdi.
Mamlakat terma jamoasida Kapadze 2002-yildan 2015-yilgacha o‘ynagan. Bu vaqt ichida u 119 ta o‘yin o‘tkazdi, eng yaxshi himoyachi va o‘yinlar soni bo‘yicha rekordchi bo‘ldi. Faqat Server Jeparov 2017-yilda uni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
Kapadze Janubiy Koreya ("Inchxon Yunayted"), BAA ("Sharja") va Qozog‘iston ("Aktobe") futbol klublarida ham o‘ynagan. Ma’lumot uchun, u "Aktobe" tarkibida ushbu mamlakat chempioni bo‘lgan. Kapadze o‘ynagan so‘nggi klub "Lokomotiv" bo‘ldi. Bu yerda u 2017-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Muvaffaqiyatga undovchi murabbiy
Kapadze 2018-yilda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bir yil o‘tgach, u mamlakat yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi va jamoani 2023-yilgi U-20 Jahon chempionatiga olib chiqdi. Bu respublika yoshlar futboli tarixidagi muhim voqealardan biridir. Shuningdek, Kapadze poytaxtning "Olimpik" futbol klubini boshqarib, uni Oliy Liga - O‘zbekiston Superligasiga olib chiqdi.
Kapadze 2019-yildan buyon besh yil davomida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini boshqargan. 2024-yilda o‘zbek futboli tarixida ilk bor Timur Kapadze mamlakat olimpiya terma jamoasini Olimpiya o‘yinlariga olib chiqdi.
2025 yilning yanvar oyida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Timur Kapadze terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e’lon qildi.
Murabbiylik faoliyatida hech kimni ajratib ko‘rsatmaslikdek muhim tamoyilga amal qiladi. Uning fikricha, raqobat futboldagi eng yaxshi narsa, chunki aynan u sportchilarni rivojlanishga va yaxshiroq o‘ynashga undaydi.
"Men hammaga bir xil munosabatdaman", — deb bir necha bor ta’kidlagan murabbiy.
Bolalarga bo‘lgan muhabbat
Kapadze turmush o‘rtog‘i Gulmira Kapadze va umuman oilasi haqida kam gapirishiga qaramay, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ular bilan tushgan suratlari bilan bo‘lishadi.
"Mening oilam, mening farzandlarim — kulishim, jilmayishim, uyg‘onishim sababchisi. O‘ynash va baxtli bo‘lish uchun bolaga bizning muhabbatimiz va u bilan nimadir qilishga tayyorligimiz yetarli", — deb yozadi u.
Prezident qo‘lidan birinchi mukofot emas
10 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qatarga qarshi o‘yinidan so‘ng prezidentning shaxsan o‘zi terma jamoa futbolchilari va murabbiylariga yuksak mukofotlarni topshirdi.
"O‘zbekiston iftixori" faxriy unvoni Temur Kapadze uchun davlat rahbari qo‘lidagi birinchi mukofot emas. U 2022-yilda futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi va "Olimpik" futbol klubi bosh murabbiyi sifatida "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.
"Biz Vatanimiz sharafi va bayrog‘imizni doimo himoya qilishga, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish uchun bor kuchimizni ishga solishga va’da beramiz", — deya ta’kidlagandi Kapadze.
U bu maqsadlarga erishish uchun olg‘a bormoqda.