Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari Sirdaryodagi texnikumga sarmoya kiritdi

© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy Respubliki UzbekistanUstanovleno sotrudnichestvo s kompaniyami Saudovskoy Aravii na summu 20 mln dollarov SShA
Ustanovleno sotrudnichestvo s kompaniyami Saudovskoy Aravii na summu 20 mln dollarov SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2025
Obuna bo‘lish
Loyihalarning umumiy qiymati 20 mln dollarga teng.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari o‘rtasida 20 mln dollar qiymatidagi hamkorlik hujjati imzolandi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari – “ACWA Power” va “DataVolt” rahbarlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.
“Ushbu kelishuvlar umumiy qiymati 20 million dollarga teng bo‘lgan loyihalarni o‘z ichiga oladi”, — deyiladi xabarda.
“ACWA Power” bilan imzolangan hujjatga ko‘ra, kompaniya 2030-yilgacha Sirdaryo viloyatidagi Shirin energetika texnikumiga investitsiya mablag‘larini yo‘naltirgan holda xalqaro standartlarga javob beradigan kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yadi.
Loyiha doirasida ta’lim sifatini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va Energetika hamda suv akademiyasi (EWA)ning ikki yillik ta’lim dasturini integratsiya qilgan holda zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirish belgilangan.
“DataVolt” axborot texnologiyalari kompaniyasi bilan erishilgan kelishuv esa raqamli infratuzilma sohasini rivojlantirishga qaratilgan. Unga ko‘ra, Shirin energetika texnikumida Ma’lumotlar markazi sanoati uchun isitish, shamollatish va havo sovutish (HVAC) hamda elektromexanik muhandislik yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan zamonaviy o‘quv dasturlari joriy etiladi.
Shuningdek, ta’lim muassasasi zamonaviy infratuzilma va texnik uskunalar bilan jihozlanadi, o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.
Yangiliklar lentasi
0