AQSh Rossiya xalqini qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi — Marko Rubioning bayram tabrigi

© RIA Novosti / AP Photo / Mark SchiefelbeinGossekretar SShA Marko Rubio. Arxivnoe foto
Gossekretar SShA Marko Rubio. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2025
Obuna bo‘lish
Marko Rubio: Amerika xalqi nomidan Rossiya xalqini Rossiya kuni bilan tabriklayman.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. AQSh davlat kotibi Marko Rubio Amerika xalqi nomidan Rossiya xalqini Rossiya kuni bilan tabrikladi, deb xabar berdi AQSh tashqi siyosat idorasi.
Marko Rubio Rossiya xalqining yorqin kelajak sari intilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va Vashington Ukrainada mustahkam tinchlikka erishish uchun Moskva bilan konstruktiv muloqotga sodiqligini ta’kidladi.
“Amerika xalqi nomidan Rossiya xalqini Rossiya kuni bilan tabriklayman. Qo‘shma Shtatlar yorqin kelajak sari intilishlarini davom ettirayotgan Rossiya xalqini qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi. Shuningdek, biz ushbu imkoniyatdan foydalanib, Qo‘shma Shtatlarning Rossiya va Ukraina o‘rtasida mustahkam tinchlikka erishish uchun Rossiya Federatsiyasi bilan konstruktiv hamkorlik qilish istagini yana bir bor tasdiqlaymiz. Umid qilamizki, tinchlik mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantiradi”, — deyiladi tabrik matnida.
Rossiya kuni 1992-yil 11-iyunda joriy etilgan. 1994-yilda u davlat maqomini oldi va Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilingan kun deb atala boshlandi. 2002-yilda Mehnat kodeksi kuchga kirgandan so‘ng uning nomi o‘zgartirildi.
Yangiliklar lentasi
0